Бадандаги тукларни олиш ҳукми

Chorshanba00:59


Савол: ассалому алайкум! Инсон
баданидаги қандай тукларни олиши
мумкин. Баъзи манбаларда аврат
жойларидаги тукларни олиш шартлиги,
бошқаларида қош териш Аллоҳнинг
лаънатига сабаб бўлиши айтилган. Шу
хусусда тўхталиб ўтсангиз!
Жавоб: ва алайкумус салом. “Аллоҳнинг
лаънати бўлиши” ҳақидаги гап юзи ва
қошидаги тукларни терувчилар
(шунингдек, тердирувчилар) ҳақида
айтилган. Жумладан, Ибн Аббос
розийаллоҳу анҳудан қилинган ривоятда
қоши ва юзидаги тукларни мўйчинак
билан терувчи ва тердирувчи аёлларга
лаънат бўлиши айтилган. Бу ривоятни
Бухорий ва Муслим нақл қилишган.
Инсондаги ҳаром туклар доим олиб
турилиши керак. Масалан, аврат
жойларидаги туклар узоғи билан қирқ
кунда олинади. Ҳар ойда олинса, яхши.
Қўлтиқ ости туклари ҳар ҳафтада олиниши
афзал. Соч олиниши мумкин. Мўйлаб
қистартирилади. Хуллас, ривоятда келган
лаънат бўлиши ҳақидаги таҳдид қошини
тердирувчи, юзидаги тукларни
олдирувчиларга, сунъий гўзалликка
ҳаракат қилувчиларга тааллуқлидир.
Бироқ, олиниши буюрилган тукларни ўз
вақтида олмаслик ҳам маъқул эмас.
Инсоннинг фитрий ишлари сирасига аврат
жойларидаги ва қўлтиқдаги тукларни
қириш (кетказиш) киради. Шунингдек,
мўйлаб қисқартирилади. Уни қириш ҳам
мумкин. Бундан бошқа тукларни олиш
ҳақида амр келмаган, адашмасам.
Жумла ... Читать дальше »

Bachadon ichi vositasi

Dushanba01:18


BIV o‘zi nima?
Ilgak yoki bachadon ichiga o‘rnatiladigan
vosita (BIV) — bu kichkina plastik moslama
bo‘lib, uni istalmagan homiladorlik-dan
saqlanish uchun bachadon ichiga o‘rnatiladi.
Zamonaviy va yuqori samarali BIV modellarida
plastikdan yasalgan moslama mis sim bilan
o‘ralgan.
BIVdan qanday foydalaniladi?
Qisqa va oddiy muolaja vaqtida maxsus
o‘rgatilgan shifo-kor BIVni bachadon ichiga
o‘rnatadi. Homilador bo‘lishni istasangiz
shifokor BIVni olib tashlaydi.
Afzalliklari:
Yuqori samarador.
4—10 yil davomida homiladorlikdan
saklanishingizni ta’minlaydi.
BIVni qo‘llash jinsiy aloqa bilan bog‘liq emas.
Tug‘ruqdan keyin shifokor yordamida darhol
o‘rnatish va emizikli davrda qo‘llash mumkin.
Uchrashi mumkin bulgan salbiy ta’siri:
Hayz davrida ketadigan qon miqdori ko‘payib,
og‘riqlar paydo bo‘lishi mumkin. Hayz
oralig‘ida qon surkalishi.
Jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalliklarga
moyilligi bor ayollarda kichik chanoq
a’zolarining yallig‘lanishi. Quyidagi ayollarga
BIVni urnatib bO‘lmaydi: Homiladorlikdan
gumoni bo‘lsa.
Bachadon bo‘yni va kichik chanoq
a’zolarining o‘tkir yallig‘lanishi va jinsiy yo‘l
orqali yuqadigan kasalliklari bo‘lsa. Oxirgi uch
oyda kichik chanoq a’zolarining yallig‘lanishi
kuzatilgan bo‘lsa. Qindan sababi
aniqlanmagan qon ... Читать дальше »

Qaynonaga yoqish shartmi?

Dushanba00:36


O'zbek oilasi borki, qaynona va kelin
munosabatlari mavjud. Ba'zi oilalarda bu
munosabatlar a'lo darajada bo'lsa, ba'zi
oilalar ushbu munosabatlar tufayli buzilib
ham ketmoqda.
Qaynonaga kelin o'zi qanday munosabatda
bo'lishi lozim?
Kelin erining ota-onasi bilan birga yoki
alohida turishidan qat'iy nazar, uning qaynona
oldida qator majburiyatlari mavjud. Masalan,
Qaynonani kelin hurmat qilishi shart;
Qaynonaga shirin so'z bo'lish muhim!
Qaynonani xizmatini qilish kerak;
Qaynonaga choy tayyorlash lozim;
Qaynonaga gap qaytarmaslik kerak;
Qaynonaga qo'pollik ko'rsatmaslik muhim va
hokazolar.
Bundan tashqari barcha oilalarning o'ziga xos
talab va ehtiyojlari bo'lishi mumkin. Ularga
amal qilish kelinning burchidir. Lekin bir
narsani kelin bajarishi shart emas.
U ham bo'lsa qaynonaga yoqish! Kelin
qaynonaga yoqishi kerak emas, muhim ham
emas, shart ham emas! Mana shu oddiy
iborani tushunib yetgan kelin, qaynonasidan
hafa bo'lishni to'xtatadi, qaynonasi qovog'i
uyushganida o'ziga olmaydi, qaynonasi
minnatdor bo'lmaganida asabiylashmaydi.
Kelin avallambor eriga yoqishi kerak. Ertayu-
kech, tunu-kun u eriga yoqimli bo'lishi haqida
o'ylashi kerak. Gapi bilan, ko'rinishi bilan,
qiliqlariyu, ovqati bilan, tili va dili bilan eriga
yoqishi lozim. Bu ayolning eng birlamc ... Читать дальше »

Qaysi yoshda tuqqan maqul

Shanba01:35


Keyingi vaqtlarda nikoh yoshining «yosharib»
ketayotgani haqida ko‘p gapirilyapti. Buning
psixofiziologik, iqtisodiy asorati og‘irroq
kechadi. Bolani tug‘ish, tarbiyalash uchun
juftlarning bir-birini yaxshi ko‘rishining o‘zi
kamlik qiladi. Bu ham juda muhim albatta.
Ammo muhabbatning yana bir uchinchi
shaxsni paydo qili-shi uchun, eru xotin shu
uchinchi shaxsga g‘amxo‘rlik qilishga tayyor
bo‘lishlari kerak. Demak, erkak ham, ayniqsa
ayol ham avvalo yetilgan, hayotda o‘z
o‘rnilarini belgilab olgan, qolaversa, eng
zaruriy moddiy zamin yaratilgan bo‘lishi
lozim. Qisqa qilib aytganda, bola — ixtiyoriy,
istalgan, kutilgan bo‘lishi kerak.
Qadimdan Sharqda qizlarni barvaqt erga
berishgani ma’lum. Hozir bunga
intilganlarning ko‘pchiligi «oldin shunday
qilish-gan edi-ku!» deyishdan nariga
o‘tishmaydi. Holbuki bu kam. Shuning
o‘zinigina bahona qiladiganlar davr
o‘zgarganini ham, qiz-lar va erkak bolalar
ruhiyati o‘zgarganini ham, shunga ko‘ra ular
yana ko‘p jihatlardan oila qurishga, bola
ko‘rishga tayyor emaslik-larini, buni buzish
bilan o‘zlariga ko‘p tashvishlar (ham fizio-
logik, ham huquqiy) orttirayotganlarini
bilmaydilar yoki bil-gilari kelmaydi.
Qiz bola tuxumdonida tuxum hujayralari
muntazam bir me’yorda yetila boshlagandan,
ya’ni hayz ko‘rgandan boshlab homi-lador
... Читать дальше »

Kelinlik odobi

Yakshanba01:34


Kelinlik odobi haqida alohida bo‘limda so‘z
yuritayotganimiz bejiz emas. Dunyoda hech
bir xalqda oilada kelin mavqeiga sharq
xalqlari, xususan o‘zbeklarchalik katta o‘rin
berilmaydi. Kelin tushirilayotgan xonadonda
katta tayyorgarlik ko‘riladi. Yosh oilaga yangi
uy solinadi yoki shu xonadondagi eng yaxshi
xonalar ta’mirlanib yangi holatga keltiriladi.
Kelinga sarpolar, sovg‘alar tayyorlanadi. Eng
muhimi xonadonning kattasidan kichigigacha
oilaning yangi a’zosi — kelin bilan
uchrashuvga, u bilan birga yashashga o‘zini
ruhan tayyorlaydi. Kishilar ruhida ko‘tarinkilik,
mehr-muhabbat, ezgulik, hayo qaror topadi.
«Ke-linning qadami qutlug kelsin!» deya duo
qilishadi keksalar. Hali kelin kelmasidanoq
xonadon go‘yo fayzli farishtali pardaga
o‘raladi. Qutlug‘ qadam! Qaynonalar bu
qutlug‘ qadamda bundan keyin aytar
so‘zlarini, ko‘rar ko‘zlarini, dillaridagi
armonlarini, yur-magan yo‘llarining ro‘yosini
ko‘rgandek bo‘lib entikadilar. Singil-lar bu
qutlug‘ qadam ila o‘zlariga ibrat
kelayotganidan sevinadilar. Birinchi qadam,
birinchi tilaklar, birinchi orzularning
samimiyligi, ezguligi kelinlarga dastlabki
mas’uliyatli davrda quvvat beradi, qadamlarini
qutlug‘ qiladi. O‘zbeklarga turmushga chiqqan
qiz borki u kelinlikning nozik davrini, albatta,
boshidan kechiradi. Hatto ona va onasi
... Читать дальше »

Ko‘krak parvarishi

Yakshanba01:34


Bolaning o‘sib ulg‘ayishi, ona sutining mo‘l-
ko‘l bo‘lishi hamda ona salomatligi uchun
ham sut bezlarini to‘g‘ri parvarish qilish
muhim ahamiyatga ega. Buning uchun, eng
avvalo, nihoyatda tozalikka e’tibor qilish
lozim. Ko‘rak so‘rg‘ichida yoriklar va mastit
yuzaga kelmasligi uchun sut bezlarini ertalab
va kechqurun iliq suv bilan sovunlab yuvish,
so‘ng steril doka yoki paxta bilan artish kerak.
Har safar emizish oldidan qo‘lni toza yuvib
qaynagan suvga yoki ichimli soda (1 stakan
suvga 1 choy qoshiq soda solinadi)
eritmasiga xo‘llangan doka yoki paxta bilan
artib turish lozim. Emizib bo‘lgandan so‘ng
ko‘krak yuvib tashlanadi, toza doka yoki
yumshoq sochiq bilan bosib-bosib quritiladi,
vazelin yoki sterillangan o‘simlik yog‘i
surtiladi. Bolani to‘g‘ri emizish juda muhim.
Agar bola emib bo‘lgandan keyin ham ko‘krak
uchini qo‘yib yubormasa, uni zo‘rlab tortib
olish yaramaydi, buning uchun bolanig burni
sal qisilsa, u og‘zini ochib ko‘krakni qo‘yib
yuboradi. Emizib bo‘lgach ko‘krakda qolgan
sutni (hatto u kam bo‘lsa ham) oxirigacha
sog‘ib olinsa, bu qo‘shimcha massaj
hisoblanadi va sut ko‘payishiga yordam
beradi, sut tiralib ko‘krak taranglashishining
oldini oladi. Ba’zi ayollarda sut o‘z-o‘zidan
oqib qoladi, bu sut ko‘pligidan emas, balki
so‘rg‘ich atrofidagi nerv tolalarining ... Читать дальше »

Kelinga maslahatlar

Yakshanba01:33


«Ona qizim! Allohga beadad shukr, bo‘y yetib,
erta-indin bir xonadonning sutokli kelini
bo‘lasiz. Yangi hayotingiz haqida ko‘p
eshitganingiz, ko‘p o‘qiganingiz bordir. Men
bu xususda ozgina qo‘shimcha qilmoqchiman.
Toki, duch kelgan kishilardan turli gap-larni
eshitib, gangib, kalovlanib yurmang.
Ayol zoti bu dunyoga xudoning inoyati bilan
avlodlar zanjiri-ni ulagani, farzandlarini
iymonli qilib tarbiyalagani, bir xonadonni va
uning kishilarini yashnatgani kelishiga, ming
shukr, idrokingiz yetib turibdi. O‘sha siz keyin
joningizni ham berishga tayyor bo‘ladigan
farzandlar eru xotin muhabbatidan, nozik
munosabatidan dunyoga kelishini ham bilasiz.
Shunday ekan, jinsiy munosabat asl muhabbat
cho‘qqisi ekanligini unutmang va qovushish
uchun faqt kuyov mas’ul deb o‘ylamang.
Bu kecha haqida har kimlar turli vahimali
so‘zlarni aytishadi. Go‘yo qizlik pardasi
olinishida dahshatli og‘riq bo‘larmish. To‘g‘ri,
qizlikdan juvonlikka o‘tishda bir oz og‘riq
bo‘lishi mumkin. Agar gavdani bo‘sh
tutmasangiz, noto‘g‘ri xatti-harakatlar bilan
kuyovga qattiq qarshilik kilsangiz, qin
muskullari qisqarishi qiyin-lashadi, ana
shunda og‘riq bo‘ladi. Ona qizim,
qarshingizda turgan odam begona emas, bir
umrlik yo‘ldoshingiz, ishonsangiz, suyan-
sangiz arziydigan odam ekanini, ota-onangiz
sizni un ... Читать дальше »

« 1 2 3 4 5
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Каердан Ташриф Буюрасиз?
Всего ответов: 176
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama