Homiladorlikda ich qotishi (qabziyat): oldini olish va davolash

Juma20:52


Qabziyat erkaklardan ko'ra ayollarda ko'p uchraydigan holatdir. Homiladorlikda esa qabziyat bo'lishi ehtimoli yanada oshadi.

Nega aynan homiladorlikda qabziyat holati jadallashadi?

Homiladorlikning ilk davri organizmda progesteron gormonining oshishi bilan boshlanadi. Aynan shu gormon ichak tizimi faoliyatini sekinlashuviga, natijada qabziyat yuzaga kelishiga olib keladi. Homiladorlikning 2-3 trimestrida qabziyatga gormonlardan tashqari ayolning o'sayotgan qorni najas chiqish yo'llarini bosib qo'yishi, noto'g'ri ovqatlanishi va ba'zi vitaminlar(temir moddasi va kalsiy)ni qabul qilishi sababchi bo'ladi.

Homiladorlikda qabziyatning zarari yo'qmi?

Umuman olganda ayolga keltiradigan noqulayliklaridan tashqari qabziyatning
homiladorlikka zarari yo'q. Lekin qabziyat tufayli ayol hojatga borganida jismonan qiynaladi. Homiladorlikda davom etgan qabziyat bavosil(gemorroy)ga olib kelishi mumkin. Hojatga borganda og'riq kuchayib, najasda qon ko'rinsa, shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Homiladorlikda qabziyat bo' lganda bavosil chiqib ketishi oson bo'lgani uchun kuchanish mumkin emas .

Homiladorlik davomida qabziyatga olib kelmaslik uchun nima qilish kerak?

1. Meva va sabzavotlardan ko'proq iste'mol qilish;

2. Kuniga kamida 1,5-2 litr suyuqlik ichish;

3. Toza havoda ko'p yurish;

4. Tanaga quloq solish. Ichingiz kelayotgani ... Читать дальше »

Homiladorlikda aslo mumkin bo'lmagan 10 ta faoliyat

Juma20:39


Homiladorlik bu kasallik emas. Normal
homiladorlikda oddiy hayot tarzini davom ettirsa ham bo'ladi. Lekin quyidagi 10 ta faoliyatdan 9 oyga butunlay voz keshish kerak.

1. Chekish. Homilador ayolning o'zi ham yonidagilari ham uni oldida bu davrda
chekmasliklari muhim. Tamaki tufayli homilaga kislorod yetishmasligi aniqlangan. Bu esa homila rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

2. Alkogol ichimliklarini ichish. Homiladorlikning 1-trimestrida ko'p miqdorda alkogol ichilsa, bolada tug'ma nuqsonlar rivojlanishi aniqlangan.

3. Kofe ichish. Ko'pchilik ayollar kofesiz o'z kunini tasavvur qila olmaydi. Albatta kunida ichilgan 1-2 chashkaning zarari tegmaydi. Lekin butun homiladorlik davomida kuni bilan kofe ichib yurish mutlaqo mumkin emas. Birinchidan, bu homilador ayolning qon bosimining oshirib yuborishi mumkin, ikkinchidan onaning yurak urishi tezlashib bolani muddatidan oldin tug'ilishiga, hatto homila tushishiga turtki bo'lishi mumkin.

4. Dori vositalarini palapartish qabul qilish. Homiladorlik davomida, ayniqsa 1-trimestrda dori vositalarini qabul qilishda nihoyatda ehtiyot bo'lish kerak. Imkon qadar bu davrda ortiqcha dori ichmaslik uchun shamollamaslik va kasallanmaslik lozim. Ba'zi dorilar bolada karlik, tug'ma nuqsonlar, asab tizimidagi patologiyalarni keltirib chiqaradi.

5. O't damlamalari ichish. Qadimdan o't damlamalarini biz dori emas deb ichishga odatlanganmiz. Lekin har qanday o't damlam ... Читать дальше »

Homiladorlikda jinsiy aloqa qilish mumkin bo'lmagan holatlar

Payshanba22:20


Sog'lom homiladorlik da odatda jinsiy aloqaning zararli tomoni bo'lmaydi. Lekin ba'zi hollarda jinsiy aloqadan vaqtinchalik voz kechish muhim hisoblanadi.

Homiladorlik davomida jinsiy aloqada bo'lish quyidagi hollarda mumkin emas. Ya'ni bu holatlarda jinsiy aloqa
homiladorlikni normal davom etishiga xavf tug'diradi:

1. Yo'ldoshning noto'g'ri joylashuvi aniqlansa. Bu holatni shifokor ko'rigida bilsa bo'ladi. Yo'ldoshning noto'g'ri joylashuvi tufayli qon ketish ehtimoli yuqori bo'lib, jinsiy aloqa bunga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi qo'shimcha faktor bo'ladi.

2. Muddatidan oldin tug'ish xavfi mavjud bo'lsa. Jinsiy aloqa tufayli bachadon qisqarishi, suv ketishi yoki bachadon yo'li ochilishiga turtki berib yuborish mumkin.

3. Qindan suyuq oq rang, qon yoki boshqa ajralmalar chiqayotgan bo'lsa. Ajralmalar sababini bilmaguncha jinsiy aloqada bo'lmaslik lozim. Chunki ba'zida ajralmalar xavfli holat belgisi bo'lishi mumkin.

4. Bachadon bo'yni rivojlanmagan yoki muddatidan oldin qisqargan bo'lsa. Ba'zi ayollarda bachadon bo'yni sust rivojlanganligi tufayli muddatidan oldin uning ochilishi kuzatiladi. Buni oldini olish yo'llari mavjud, undan tashqari jinsiy aloqada bo'lmaslik ham muhim.

5. Suv ketishi boshlangan bo'lsa. Agar bachadon shishi yorilib suv ketayotgan bo'lsa, jinsiy aloqada bo'lish aslo mumkin emas. Homilaga infeksiya kiritib yuborish xavfi yuqori bo'ladi.

6. Jinsiy infeksiyalar a ... Читать дальше »

Qiz tug'ish uchun nima qilish kerak?

Payshanba00:41


Qiz ko'rish sirlari bormi? Nima qilsa qiz tug'iladi?

Afsuski, oldindan 100% qiz yoki o'g'il ko'rishni rejalashtirish imkoniyati mavjud emas. Lekin qiz ko'rish ehtimolini oshirish yo'llari mavjud.

1. Erkak va ayol rejalashtirishdan 6 oy oldin kalsiy va magniyga boy mahsulotlardan ko'proq iste'mol qilishlari zarur. Baqlajon, olma, qulupnay, limon, olma, sitruslik mevalar, salat barglari, ananas, tarvuz, sut va sut mahsulotlari, shirinliklarni dietangizga bemalol qo'shsangiz bo'ladi. Go'sht va go'sht mahsulotlaridan, banan va pomidordan yiroqroq bo'ling.

2. Rejalashtirilayotgan oyda hayz siklining 1-chi yarmida jinsiy aloqada tez-tez, har kuni yoki undan ko'proq miqdorda bo'lish muhim.

3. Gazlik ichimliklarni ichib yurish maqsadga muvofiq bo'ladi.

4. Jinsiy aloqani ovulyasiyadan 2 yoki 3 kun oldin bajarish va undan so'ng aloqada bo'lmaslik yoki prezervativdan foydalanish tavsiya etiladi. Shunda ovulyasiyagacha erkak spermatozoidi ayol organizmiga tushib bo'lgan bolib, unda uzoq yashay olmaydigan Y-spermatozoidlar ovulyasiyaga qadar nobud bo'ladi. Qiz bola uchun javobgar uzoqroq yashuvchan X-spermatozoidlar esa ovulyasini kuta oladi va aynan ulardan biri tuxumni urug'lantira olishi ehtimoli oshadi.

5. Urug'lanish uchun mo'ljallangan jinsiy aloqani erkak charchab turgan holatda majburlab bo'lsa ham bajargan ma'qul. Shunda o'g'il uchun javobgar Y-spermatozoidlar faoliyati sust bo'ladi.

... Читать дальше »

O'g'il ko'rish uchun nima qilish kerak?

Payshanba00:33


Odamlar o'gil tug'ish uchun nimalar qilmaydi. O'g'il tug'ish siri nima ekanligini bilgisi keladi. Bunga 100% ta'sir qilib bo'lmaydi, lekin o'g'il tug'ish ehtimolini oshirish mumkin.

O'g'il bola bilan homilador bo'lish ehtimolini oshirish uchun nima qilish kerak?

1. Homiladorlikni rejalashtirishdan oldin 6 oy davomida sog'lom turmush tarzida yashash kerak.

2. Erkak kaliy va natriyga boy mahsulotlardan ko'proq yeyishi kerak. Kaliyga banan, turshak, o'rik, pomidor, bodom boy bo'lsa, natriy bu oddiy tuz bo'lib, barcha sho'r yeguliklar uni organizmga ta'minlab beradi. Sho'r bodring, sho'r baliq, qazi, sho'r danak va hokazolar.

Цитата
Sho'r mahsulotlar qon bosimini oshishiga olib kelishi mumkin.


3. Quritilgan hurmo, o'lxo'ri va turshakni erkak va ayol ko'proq yeyishi kerak.
Цитата
O'g'il tug'ishni rejalashtirayotgan juftliklar shirinliklar va gazli ichimliklardan iste'mol qilmasligi muhim.


4. Homiladorlik rejalashtir ... Читать дальше »

Oyoq terlashi va hidlanishi: bartaraf etish usullari, davolash uchun dorilar, xalqona vositalar

Shanba00:04


Ortiqcha terlash ko’pincha juda ko’p noqulayliklarga olib keladi. Oyoq terlashi ko’pincha yoqimsiz hidlanish bilan birga kechadi. Ushbu maqoladan oyoqlar nima sababdan terlashi va u bilan qanday qilib kurashish mumkinligini bilib olasiz. ... Читать дальше »

Homiladorlikda qanday uxlash(yotish) lozim

Seshanba17:08


Homilador ayol yotganida badani va karavoti bilan kurashishi ayollarga tanish holat. Unday yotsa ham, bunday yotsa ham joyini topa olmaydi.
Homiladorlikda ayollarda uxlash holatini topish qiyinchiliklari yuzaga keladi. Doimgidek uxlash holati borgan sari to'g'i kelmay qoladi. ... Читать дальше »

Jinsiy aloqadan keyin nima qilish kerak?

Seshanba16:50


Agar kinolarda jinsiy aloqadan so'ng juftliklar uyquga ketsa, hayotda biroz boshqacharoq bo'lgani yaxshi.

Diniy qo'llanmalarda bu borada aniq qonun-qoidalar mavjud.
Biz bunga tibbiyot va psixologik nuqtai nazardan yondashamiz.

1. Aloqadan so'ng oz vaqt bo'lsada er-xotin bir-birini quchoqlab yotishi ularda ma'naviy yaqinlikni kuchaytiradi. Chunki aloqadan so'ng erkak ham ayol ham bir-biriga iliqlik hissini sezadi.
2. Bir-biriga erkalanib bo'lgach ayol kishi yuvinishdan oldin albatta hojatga borishi lozim. Siydik pufagi bo'sh bo'lgan taqdirda ham har safar jinsiy aloqadan so'ng siydikni kuchanib bo'lsa ham chiqarish sistit va boshqa infeksion kaslaliklarni rivojlanishini oldini oladi.
3. Ayol ham, erkak ham aloqadan so'ng yuvinishlari muhim.
4. Agar homiladorlik rejalashtirilayotgan bo'lsa, u holda jinsiy aloqadan so'ng kamida 30 daqiqa davomida ayol oyog'ini boshdan yuqoriroq holatga keltirib yotishi lozim. Bu holat homilador bo'lish ehtimolini oshiradi.
5. Jinsiy aloqani tugatish jarayonida ba'zi erkaklar kontrasepsiya vositasi sifatida tashqariga chiqarishga odatlanadilar. Bu vaziyat ayol va erkak organizmi uchun salbiy ta'sirga ega. Birinchidan, erkak aloqa sifatini to'liq his qila olmaydi, ikkinchidan vaqt o'tgan sayin jinsiy aloqani tugatishi bilan muammolarga duch keladi. Ayolda esa tugallanmagan holat yuz beradi. U jinsiy aloqadan lazzatlana olmaydi, mushaklari tajang holatd ... Читать дальше »

Қайнонам ётоқҳонамга аралашаверади ...

Shanba01:56


Ҳеч аҳамият берганмисиз, кўча-куйда, тўй-ҳашамда келинлар тўпланиб қолса, қайноналар дарҳол уларнинг суҳбатинибўлишга ҳаракат қилишади. Недурки, келинлар бир бўлиб, қайнонасини ёмонлар эмиш... Бу гапда нечоғли жон бор билмадимку-я, лекин яқинда эр-хотин «ётоқхонасига қоровулчилик» қиладиган қайноналар ҳақидаги ҳасратни эшитиб қолдим... Қанчалик ҳайратланмай, бу каби ҳолатлар кўпчиликнинг дарди экан...«Ёлғизлик қурсин...»

Сабоҳат ая, 58 ёш:
— Уч фарзандимни вояга етказиб, эрта-индин қуда-андалибўламиз деб турганимизда турмуш ўртоғим вафот этди. Икки қизимни узатдим, ёлғиз ўғлимни ҳам уйлантирдим. Етказганига шукр, бир-биридан ширин набираларим бор. Куни бўйи шулардан ортмасам ҳам кечга бориб, телевозор қаршисида бир ўзим қолиб кетаман. Қани энди келиним билан ўғлим мен билан гурунглашиб ўтирса.... Аввалига келиним ҳам ана шу кечки суҳбатларимизда биз билан бирга ўтирарди, кейин эса ўғлим билан бизни ёлғиз қўядиган бўлди. Келинг, ўтиринг, десам ишларимни қила қолай, деб жавоб берарди. Бироз вақт ўтгач эса, эр-хотин тез-тез уришадиган бўлиб қолди, ўғлим ҳам уйга кеч қайтадиган одат чиқарди. Яқинда эса унинг бир жувонга илакишиб қолганини билиб қолдим. Шунда келиним «Ўғлингизни кечалари билан олдингизда олиб ўтиравермаганингизда, бу ишларнинг ҳеч бири бўлмасди» дея таъна қилди-ю,дунё кўзимга қоронғу бўлиб кетди. Ахир мен онаман, ўз фарзандим оиласига ҳам ёмонлик тилайманми?

«Шу ҳам ҳаёт бўлдими? »

Карим, 27 ёш:
— Уйланганимга ... Читать дальше »

Ayollar jinsiy a’zosi qichishi va achishi — sabablari, bartaraf etish usullari, davolash

Juma18:31


Ayol jinsiy a’zolarining shilliq qavati murakkab ekosistema bo’lib, unda ma’lum bir nisbatda ko’plab turli xil mikroorganizmlar mavjud va ularning miqdori va tarkibi ayolning yoshi va fiziologik holatiga qarab o’zgarib turadi.

Hayotning ma’lum bir davri uchun xarakterli bo’lgan mikroorganizmlar normal nisbati saqlanib turar ekan, ayol intim zonalarida diskomfort sezilmaydi. Bu muvozanat buzilganidan so’ng, ayol jinsiy a’zosi qichishi, diskomforti, qizarishi, quruqligi, achishi va hokazo shikoyatlar paydo bo’la boshlaydi. Bu quruqlik, qichish, achishish va boshqa shu kabi alomatlarning eng keng tarqalgan, ammo yagona sababi emas.

Jinsiy a’zoning qichishi diskomfort tug’diradi, normal jinsiy hayotga to’sqinlik qiladi, odatiy hayot hayot tarzini buzadi. Bundan tashqari, qichish va achishni keltirib chiqargan patologiyada ham xavf yotadi.

Shuning uchun bu muammoni e’tiborsiz qoldirib bo’lmaydi, uni baribir hal qilish kerak va imkon qadar tezroq boshlash yaxshiroqdir.

Vulvaning qichishi va achishi — bu kasallik emas, bu faqat ma’lum buzilishlarning namoyon bo’lishi, patologik o’zgarishlar sodir bo’lgani va unga e’tibor qaratish kerakligi haqidagi ayol organizmining signalidir. Ko’pgina kasalliklar bunday alomatlarga olib kelishi mumkin.

Ayollarning jinsiy a’zosi qichishi
Achish va qichishish buzilishlarning yagona alomati bo’lishi, shuningdek boshqa alomatlar bilan birgalikda kuzatilishi mumkin: ... Читать дальше »

Ugrilarni uy sharoitida yo’qotish, dorliar bilan ketkazish usullari, davolash yo’llari

Juma18:00


Akne, ya’ni ugri toshishi — har qanday yoshda duch kelish mumkin bo’lgan jiddiy muammo. Bunda ugri nafaqat jismoniy (og’riq, ba’zan esa qonashi), balki ruhiy noqulaylik ham tug’diradi: ko’pchilik odamlarda ugri tufayli suhbatlashishda qiyinchiliklar yuzaga keladi, kishi o’ziga bo’lgan ishonchini yo’qotadi, komplekslar rivojlanadi. Shuning uchun ugrilardan xalos bo’lish — nafaqat salomatlik, balki hayotdagi muvaffaqiyatga erishishga ham tegishli masala. Ushbu maqolada qanday qilib uy sharoitida yuzdagi ugrilarni ketkazish mumkinligini ko’rib chiqamiz.



Tibbiyotning turli sohalaridagi mutaxassislar ugri paydo bo’lishining sabablari haqidagi savolga bitta aniq javob yo’qligini ta’kidlamoqdalar. Biroq, aynan bu noxushlikni keltirib chiqargan sababga ko’ra davolash usuli tanlanadi.



Yuzda ugrilar paydo bo’lishi sabablari
Agar sizda husnbuzar paydo bo’lsa yoki umuman butun yuz yallig’lanish bilan qoplangan bo’lsa, bu quyidagilarni anglatishi mumkin:



1. Noto’g’ri ovqatlanish va / yoki oshqozon-ichak trakti faoliyatida buzilishlar
Fast-fudlarni, o’ta yog’li ovqatlarni suiste’mol qilish, umuman ortiqcha ovqat yeb yuborish teri bilan bog’liq muammolariga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, ugri toshishi — bu gasterenterologga tashrif buyurish uchun o’rinli sababdir, chunki u oshqozon yarasi, gastrit, xoletsistit yoki disbakterioz mavjudligini ko’rsatishi mumkin.



Nima qilis ... Читать дальше »

Tamaki (sigaret) qanday qilib jinsiy hayotga zarar beradi?

Payshanba23:37


Sigaret so’zi asli ispan tilidan tamaki barglarni ustma ust o’rab silindir shakliga keltirilishi sigarello so’zidan kelib chiqqan.

Sigaret chekish natijasida rivojlanadigan kasalliklar sababli har yili dunyoda 3-4million kishi halok bo’ladi, agar oldini olinmasa bu raqam 12millionga ham chiqishi mumkinligi tahmin qilinmoqda. Sigareting OIDS, tuberkulyoz, avtohalokatlar, onalar o’limi, o’z joniga qasd qilishliklar yoki umumiy qotilliklardan ham ko’ra ko’proq kishilarning hayotiga zavol bo’layotgan bugungi kunda sir emas. Sigaretni bir qancha zararlarini bilamiz, lekin bu maqolada jinsiy hayotga bo’lgan zararlari haqida to’xtalib o’tamiz.

Ishonsalaring erkaklarning ham ayollarning ham jinsiy hayotiga juda katta zarar keltiradi, quyida sabablarni keltirib o’tamiz:

Erkaklar sigaret chekkanda erkaklik gormoni Testosteronda pasayish kuzatiladi, Testosteron erkaklarning jinsiy a’zolarining rivojlanishida va jinsiy aloqaga bo’lgan xohishni ta’minlashda muhim rol oynaydi. Sigaret chekkandagi libidoni pasayishini mexanizmi ham aynan shu gormonni pastlashi bilan bog’liqdir.

Bundan tashqari bu gormonni kamayishi erkaklarda ko’krak bezlarini kattalashishiga olib keladi, yani ginekomastiya rivojlanishiga olib keladi. Yog’ bosishga sabab bo’ladi, mushak toqimasidan ko’ra yog’ toqimasini nisbati ko’paydi.

Erkaklarning spermatozoidlarida ham ozgarishlar kuzatiladi, spermagrammani sifati pastlaydi, spermatozoid anomaliyala ... Читать дальше »

Jinsiy aloqa haqida: maslahatlar, qoidalar, erkak va ayol uchun tavsiyalar, xatoliklar (2018)

Payshanba01:10


Hozirda jinsiy aloqa haqida bilmoqchi bo’lgan barcha narsalarni so’rash odatiy tus olib bormoqda. Ammo intim mavzular bo’yicha ma’lumot juda ko’p miqdorda bo’lib, ular orasida chalkashib qolish osondir — lekin jinsiy aloqa qilishni a’lo qiladigan asosiy shartlar va maslahatlarni topish qiyinroq. Bir nechta oddiy qoidalar siz va juftingiz uchun ushbu ajoyib jarayonni sezilarli darajada osonlashtirishi mumkin.

Erkaklarga jinsiy aloqa bo’yicha maslahatlar
1. Juftingizni kuzating.
Har bir kishi o’z tabiatiga, odatlariga va… erogen zonalarga ega bo’lgan yorqin shaxsdir. Biroq, erkaklarga o’z juftiga birdan o’rganib ketish oson emas, ayniqsa bundan oldin boshqa munosabatlari bo’lgan bo’lsa. Lekin ehtirosli jinsiy aloqa istagi hali ham mavjud. Birinchi kunlardanoq intim tabiatli savollar berish — romantikaga to’g’ri kelmaydi, ammo ko’zlari bor ko’radi: tananing qanday «samimiy» nuqtalariga ta’sir o’tkazilganda sevimli juftida yorqin reaktsiya paydo bo’ladi. Ko’pgina hollarda, erkaklar o’z berilib ketishlari va umidlarni oqlamaslikdan qo’rqib, taktil aloqa qilishni umuman eslaridan chiqarib yuboradilar.

2. Jinsiy aloqada suhbatlashing. Sevgi so’zlarini bilmagan eski askar haqida hikoya kuchli jins vakillari uchun doimiy bahonadir. Tanishish bosqichida erkaklar ozmi-ko’pmi suhbatchan va ishonchli bo’lishadi. Lekin yotoqda esa bu qayergadir yo’qoladi. Lekin siz bo’sh kelmasligingiz kerak: ba’zan sukut saqlashdan ko’ra gapirish yaxshiroqdir ... Читать дальше »

Jinsiy aloqa vaqtini uzaytirish: texnikasi, usullari, qoidalari, yo’llari, nima qilish kerak?

Dushanba17:03


Qanday qilib erkakning jinsiy aloqa vaqtini uzaytirish yo’llari shartli ravishda bir necha guruhga bo’linadi.

Birinchisi jinsiy aloqa texnikasi bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqador bo’lganlari, ikkinchisi umumiy sog’liqqa tegishli tavsiyalar, uchinchisi esa turlicha qo’shimcha vositalarni qo’llash bilan bog’liq, masalan lubrikant.

Ushbu usullarning har birini batafsil ko’rib chiqishdan oldin, jinsiy aloqada bo’lish muddatiga bog’liq bo’lgan umumiy qoidalar bilan tanishib olish ortiqcha bo’lmaydi. Ushbu ma’lumotlarga asoslanib, jinsiy aloqa qisqaligi sabablari tushuniladi.

Umuman olganda, tabiatning o’zi shunday tarzda uyushtirilganki, erkak ayoldan oldin orgazmga erishadi. Bu nima bilan bog’liqligini chuqur o’rganishda ma’no yo’q, bu haqiqatni shunchaki postulat sifatida qabul qilish kerak.

Shu sababli, ayolning qoniqishini ta’minlash uchun erkak o’z tabiatini yengishni o’rganishi va o’z-o’zini nazorat qilishni rivojlantirishi kerak.

Bu yerda bir narsani ta’kidlab o’tish lozuim, agar erkaklar muntazam jinsiy aloqa qilib turishsa, odatda jinsiy aloqa davomiyligi bilan bog’liq hech qanday muammo yuzaga kelmaydi. Odatiy jinsiy hayotda bunday buzilishlar nomuntazam va kamdan-kam jinsiy aloqa qilish sharoitida sodir bo’ladi.

Erkak jinsiy aloqani uzaytirish masalasiga kelganda, ayol orgazmi sodir bo’lishi haqida ham to’xtalib o’tish maqsadga muvofiqdir, chunki aynan shundan kelib chiqqan holda jinsiy aloqa d ... Читать дальше »

Ovulyatsiya jarayoni: u nima, kunini aniqlash, belgilari, davomiyligi, qachon sodir bo’ladi

Payshanba23:41


Ovulyatsiya (lot. ovulla — tuxumcha) — gormonlar darajasidagi o’zgarish tufayli tuxumdonlardan tuxum hujayranini chiqishi hisoblanib, odatda har bir hayz davrida bir marta sodir bo’ladigan jarayondir. Ovulyatsiya vaqti keyingi hayz boshlanishidan 12-16 kun oldin sodir bo’ladi. Ushbu maqolada biz bu jarayonni yaqindan ko’rib chiqamiz va olingan ma’lumotni tezroq homilador bo’lish uchun qanday ishlatilishini tushuntiramiz.

Ovulyatsiya nima?

  • Ovulyatsiya — gormon darajalari o’garishi tufayli tuxumdon tuxum hujayrani chiqarishi jarayoni;
  • Homilador bo’lish uchun spermatozoid tuxum hujayrani uchratishi va uni urug’lantirishi kerak;
  • Ovulyatsiya odatda lyuteinlovchi gormon (LG) keskin ko’tarilishidan 24-36 soat o’tib sodir bo’ladi, shuning uchun LG ko’tarilishini aniqlash sizga ovulyatsiya qachon boshlanishini tushunishga yordam beradi;
  • Spermatozoidlar besh kungacha faol qolishi mumkin, shuning uchun juftliklar tuxum hujayra ozod qilinishidan oldin jinsiy aloqa qilgan bo’lishsa ham homiladorlik sodir bo’lishi mumkin.

    Ovulyatsiya yaqinlashishi bilan ayol organizmi ko’proq estrogen gormonini ishlab chiqara boshlaydi. Bu gormon bachadon shilliq qavatining qalinlashishiga olib keladi va sperma uchun qulay muhit yaratishga yordam beradi.

    Yuqori estrogen o’z navbatida boshqa bir gormon — lyuteinlovchi gormonning (LG) keskin darajada ortishiga sabab bo’ladi. LGning birdan ko’tarilishi tuxumdondan ... Читать дальше »

  • Bolaning tili chiqishi uchun yordam

    Payshanba23:36


    Defektologlar maslahati.
    Hamma bola vaqti kelganida gapiradi, deyishimiz mumkin. Lekin to'g'ri va ravon gapirishni hamma ham uddalay olmaydi. Ba'zi bolalar esa 3-4 yoshida ham so'zlasha olmasligini kuzatishimiz mumkin.

    Bolaning tili chiqishida eng muhimi ota-onaning bunga bo'lgan yordamidir. Bolaning tug'ilishidanoq uning tili chiqishiga yordam berish mumkin.

    1. Kun mobaynida har bir faoliyatingizni bolangiz bilan suhbatlashgan holda bajaring. Bola 1 oy bo'lsa ham, uning miyasi har bir ma'lumotni qabul qila oladi.
    2. Ko'chada, uyda bolganingizga qilayotgan ishingizni, atrofdagi xodisalarni bolaga tushuntirib yuring.
    3. Gapirayotganingizda lo'nda, aniq, ravon va to'g'ri tuzilgan gaplarni ishlatgan holda gapiring.
    4. Bolaga to'g'ri savol bering. "O'ynayapsanmi?", deyishni o'rniga "Nima qilyapsan?", desangiz, u sizga oddiy "ha" yoki "yo'q" ni o'rniga to'liq javob berishga harakat qiladi.
    5. Bola bilan suhbatlashayotganingizda sukut saqlashni ham biling. Sizning gaplaringiz orasida o'z fikrini, javobini qo'sha olishiga imkoniyati bo'lsin.
    6. Tovushlarga ahamiyat bering va bolangiz e'tiborini qarating. Masalan, mashina yurishi, kuchuk akillashi va hokazolar.
    7. Qizqa hikoyachalar aytib bering. Keyin bolangiz bu hikoyalarni boshqalarga aytib berishini so'rang.
    8. Bolaning til boyligi juda sust bo'lsa, u bilan suhbatingizga har kuni 5-6 ta ... Читать дальше »

    Jinsiy quvvatni oshirish usullari (2018)

    Payshanba00:13


    Bugungi kunda ahvol shundayki, ko’plab o’rta yoshli erkaklar, ba’zi yoshlar ham jinsiy quvvat (potentsiya) bilan bog’liq muammolarga duch kelishmoqda. Shifokorga borishdan qo’rqib, erkaklar jinsiy quvvatni oshirish uchun dorilarga, ya’ni sun’iy preparatlarga murojat qilishmoqda, tabiiy vositalarni esa eslaridan chiqarib qo’yishdi. Sintetik vositalar faqat bitta afzallikka ega: ular erlik quvvatini darhol oshiradi. Misol uchun, taniqli Viagra yarim soatdan keyin ta’sir qila boshlaydi va o’z ta’sirini 5 soat davomida saqlab qoladi.

    Jinsiy quvvatni tabiiy ravishda oshirish usullari nafaqat jinsiy vazifani takomillashtirishga, balki erkaklar jinsiy funktsiyasiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir qiladigan butun organizmni sog’lomlashtirishga qaratilgan bo’ladi

    Jinsiy quvvat bilan bog’liq muammo vaqtinchalik (bunda erektsiya buzilishi qisqa muddat kuzatiladi) yoki doimiy (erektsiya buzilishi uzoq vaqt qayd qilinadi) bo’lishi mumkin. Agar bunday muammo yuzaga kelsa, shifokor bilan bog’lanishdan oldin erkaklar sog’lig’ini va jinsiy quvvatni oshirish haqida maslahatlarga amal qilib, uni mustaqi hal qilishga urinib ko’rish mumkin.

    Tabiiy usullar bilan jinsiy quvvatni oshirish yo’llari

    1. Ovqatlanish butun organizmning faoliyatida asosiy rol o’ynaydi. Oziq-ovqat tarkibida organizm uchun barcha muhim oziqalar, ayniqsa, jinsiy quvvatni oshiruvchi vitaminlar va minerallar saqlashi kerak, ularning asosiylari rux, selen, B guruhi, E ... Читать дальше »

    Lablarni katta qilish: usullari, yo’llari, pardoz qilish qoidalari, massaj qilish

    Dushanba23:11


    Bizning zamonamizda «o’lchov ahamiyatga ega» umumiy iborasi nafaqat erkaklarga tegishli. Insoniyatning nozik yarmi uchun, bu nafaqat ko’krak yoki sonlarning hajmiga, balki lablarga ham taaluqlidir. Qadim zamonlardan beri hajmdor lab sohibalari ko’proq pushtli hisoblangan. Salobatli lablar sog’lom avlod yaratish uchun erkaklarni mayoq kabi jalb qilgan.

    Bu fakt erkaklarning genetik xotirasida saqlanib qolgan. O’z-o’zidan yozilmagan go’zallik idealiga mos kelish va insoniyatning kuchli yarmida qiziqish uyg’otish sabab qizlar doimo lablarni katta qilish uchun harakat qilishgan.

    Qadimgi Misrda bu maqsadda moylar va ilon zahari ma’lum miqdorda aralashtirilib, lablarga tatbiq etilgan. O’rta asrlarda lablarni kattaroq qilish uchun tatuaj sohasida birinchi muolajalarni qilishga harakat qilishgan.

    Lablarni 3D-hajmini yaratish bo’yicha jarrohlik operatsiyalari kashf qilingach, ular juda keng tarqaldi. Biroq, bizning davrimizda invaziv estetik vositalar (gialuron kislta (filler), botoks, turli gellarga asoslangan inyektsiya) allaqachon skalpelga raqobatdosh bo’lib ulgurishgan.
    Mavsumdan mavsumga qadar katta lablar urf to’lqinida bo’lmoqda, shuning uchun kosmetologlar va jarrohlar mijozlar yakunini ko’rishmayapti. Angelina Joliniki singari lablar sohibi bo’lishni xohlaydiganlar soni tobora ortib bormoqda.

    Bir tomondan, kichik «tabiat nuqsonini» tuzatish uchun mutaxassisga ishonish o’zini o’zi his qilish va psixologik holatni yaxsh ... Читать дальше »

    Homiladorlikda hayz ko’rish: sabablari, nimadan dalolat berishi, xavfi, tavsiyalar

    Dushanba23:00


    Avvalambor, ayollar bir narsani bilishlari va yodda tutishlari kerak: homiladorlik davrida hayz tushunchasi tom ma’noda sodir bo’lishi mumkin bo’lmagan narsa. Ha, homiladorlik paytida qon ketishi ayol hayz ko’rishi kerak bo’lgan paytlarda sodir bo’lishi mumkin, lekin birinchi navbatda ularning tabiati odatdagi normal menstruatsiyadan juda farq qiladi, bu narsa nimadir noto’g’ri ekanligidan shubhalanishga undaydi, ikkinchidan, har qanday holatda ham bu normadan chetlanish hisoblanadi va shuning uchun shifokor bilan maslahatlashishni talab qiladi.

    Vaziyat shunisi bilan murakkablashadiki, homiladorlikning erta davrida hayz kelishi ayolni noto’g’ri fikrga olib keladi va shu sababli u homilador bo’lganini bilmasligi mumkin. Ayniqsa homiladorlikda hayz ko’rish va homiladorlikka testning inkoriy natijalari birgalikda aniqlansa. Aynan shu uchun ko’pincha shunday holatlar kuzatiladiki, ayollar 3-4 oylikkacha o’zlarining vaziyati haqida bilishmaydi. Biroq, ba’zan faqatgina homiladorlikni dastlabki bosqichlarda aniqlash gina uni saqlab qolishning hal etuvchi omili bo’ladi.

    Hayz nima? Homiladorlikda hayz ko’rish mumkinmi?
    Nima uchun odatiy talqindagi hayz va homiladorlik bir-biriga mos kelmasligini tushunish uchun, barchamizga maktabda anatomiyadan olingan boshlang’ich bilimlarni esga olish kifoya, ammo aksariyat ayollar allaqachon ularni foydasiz deb hisoblab, unutib yuborishgan.

    Bachadon uch qatlamdan iborat: tashqi shilliq qavat, si ... Читать дальше »

    Erkakka yoqmaydigan ayolmisiz?

    Yakshanba00:04


    O'zbek ayoli deganda, birinchi o'rinda hamma narsaga ko'nikuvchan, sabrli, chidaydigan ayolni ko'z oldimizga keltiramiz.

    Eri qo'pollik qiladi, chidaydi. Uradi, chidaydi. So'kadi, chidaydi. Boqmaydi, chidaydi. Kamsitadi, chidaydi.
    Bu ro'yhatni uzoq davom ettirsak bo'ladi. Muhimi, o'zini o'zi kamsitadigan o'zbek ayollari juda ko'p.

    Aslida o'zbek ayoli uyida shunday tarbiya oladiki, erkak doim haq. Ursa ham, so'ksa ham u haq. Chunki u erkak.
    O'zbek oilasida erka bo'lib o'g'il o'stiriladi. Unga hammasi mumkin. O'g'il dunyoga kelsa, hamma xursand. Qiz tug'ilsa, muotam tutadiganlar ham yo'q emas. Mana shunday oilalarda qiz bola tug'ilganidan aybdordek o'sadi. U tushgan joyiga borsa ham, mana shu aybni yelkasida ko'tarib boradi. Eri qo'pollik qildimi, demak ayol shunga loyiq. Ahir uyida ham ota-onasi doim uni kamsitardi, yerga urardi, "senga yaxshi gap yaramaydi" deb tanbeh berardi.
    Mana shunday mentalitet bilan birovni uyiga tushgan ayol, ya'ni o'zini o'zi kamsitgan, o'z ota-onasiga to'g'ri ma'noda erka bo'la olmagan, o'z qizlik uyida hurmatga sazovor bo'lmagan ayol hech qaysi erga keyinchalik yoqmaydi!
    Yaxshiyamki, shunday oilalar borki, unda o'g'ildan ko'ra qizlar ko'proq mehrga to'yadilar. Bunday oilalarda qiz ham o'g'il ham birdek suyukli bo'ladi. Tantiq qiz emas, lekin mehrga to'ygan, oilada kamsitilmagan, nafsoniyati yerga urilmagan qizlar hayotda er bilan baxtli bo'lishida imkoniyati ko'proq. Nega?
    Chunki mehrni o' ... Читать дальше »

    « 1 2 3 4 ... 42 43 »
    Eng ko'p o'qilganlar
    Материалов за текущий период нет.
    Homiladorlik Taqvimi
    Saytdan izlash
    So'rovnoma
    Каердан Ташриф Буюрасиз?
    Всего ответов: 176
    Saytga Kirish

    Hisobot


    Reklama