Jinsiy aloqaning kamligini ayollarda keltirib chiqaradigan 5 zarari

Juma14:55


Ibn Sino haqidagi rivoyatlardan ham barchamiz yaxshi bilamizku sevgi ko’plab dardlarga davodir. Bu yerda qisqagina qilib ayollar o’zlarini jinsiy hayotdan cheklashlari, turmush ortoqlariga kun yoki son belgilashlari orqali eng avval o’zlariga ham ziyon qilishliklarini keltirib o’tmoqchimiz. Quyida ayollardagi jinsiy hayotning yoqligi va/yoki kamligi sababli rivojlanadigan 5ta kasallikni keltirib o’tamiz:

1. Ular odatda uyqu buzulishlariga
duchor bo’lishadilar, uyqudan qoniqib,
toyib uyg’onaolmaydilar, sababi jinsiy
aloqa paytida ajraladigan tabiiy oksitosin
organizmda yetarli miqdorda ishlab
chiqarilmaydi. Oksitosin tabiiy
rohatlantiruvchi, tinchlantiruvchi gormon
hisoblanadi.

2. Terilari yoshlariga nisbatan quruq va
yoshi o’tgandek bo’lib boradi har qanday
namlantiruvchi, yoshartiruvchi kremlar
ishlatishlariga qaramay, chunki teri
yumshoq va silliq bolishi uchun kollagen
ishlab chiqarilishi ham ishga tushishi
kerak bo’ladi.

3. Teridagi ajinlarning ko’payishi ham tuxumdonlardan ajraladigan progesteron gormonini kamayishi bilan bog’liq bo’ladi. Undan tashqari yetarli darajada bu gormonni bolmasligi tartibsiz oy korishlarga, bachadon va bachadon boyni xavfli o’smalarini rivojalanishiga ham sabab bo’ladi.

4. Tez tez kasal bo’lishliklar kuzatiladi, jinsiy hayot kasalliklarga qarshi kurashish qobilyatini ham ortiradi. Organizmni kasallikka ... Читать дальше »

Jinsiy aloqada ayolni qondirish: yo’llari, tavsiyalar, qoidalar, ayollar nimani xohlashadi

Chorshanba01:11


«Qanday qilib jinsiy aloqada ayolni qoniqtirish mumkin» degan savolga berilayotgan ko’plab erkaklar bir narsaga ishonishadi — jinsiy aloqa qanchalik uzoq davom etsa, ayolning ko’zlarida jinsiy gigantlardek e’tibor qozonish imkoniyati shunchalik yuqori bo’ladi.

Xo’sh, ayollar bunga qanday qarashadi? «Jinsiy aloqa sifati» deganda ular nimani tushunishadi — faqat uning davomiyliginimi?
Yashirib nima qilamiz — «necha marta?» va «qancha vaqt?» degan savollar odatda erkaklarning suhbatlarida ko’p o’rtaga tashlanadi. Xonimlar sumkalar, chegirmalar va boshqa yoqimli narsalar haqida suhbalashayotgan bir paytda, ularning erlari va juftlari juda ham muhim masalalarni muhokama qilishayotgan bo’ladi. Va jinsiy aloqalar soni va davomiyligi muammolari bu savollar ro’yhatida oxirgi o’rinlarda turmaydi, ayniqsa erkaklar hali yosh bo’lishsa va va jinsiy hayotni hali yaqin o’rtada yakunlash rejasi bo’lmasa. Asosan, albatta, ular maqtanish uchun «rekordni urish» ga emas, balki suyukli yorlarini maksimal qoniqtirishga harakat qilishadi. Biroq kimdir ayollarning o’zidan buni so’raganmi? Jinsiy aloqada ayolni qoniqtirish uchun nima qilish kerak? Ehtimol, ularga ko’p soatli jinsiy aloqaga kerak emasdir.

Olimlar aniqlashdi…
Keling, quruq, lekin obyektiv ma’lumotlardan boshlaymiz. Seksologlar bila turib ishlashadi — g’ildirakni kashf qilishning hojati yo’q, hamma narsa ancha vaqtdan beri hisoblab chiqib bo’lingan. Xo’sh. Oddiy erkakda jinsiy aloqa ikki-uc ... Читать дальше »

БИР ҲАФТА УЙ БЕКАСИ

Chorshanba00:27


Бу «даҳшатли» воқеа уйланганимнинг бешинчи йили содир бўлди. Олис шаҳарнинг кўп қаватли уйларидан бирида жойлашган квартирамга кириб келдим. Хотиним пишириб кетган бир қозон овқат (уч-тўрт кун ейди, деган-да), устига сочиқ ёпиб қўйилган чойнак. Биламан, дастурхонда юмшоқ нон, печенье, шакар ва конфетлар. Буларни тайёрламай жони нечта?! Жимжит хоналарга бир-бир кўз ташлаб чиқдим-да, дастурхон олдига келдим.

Биринчи кун

Бу куннинг оғирлиги билинмади. Қозондаги овқатдан ичишим учун коса ва чўмични ахтараётиб, бироз асабийлашдим. Косани кўринарли жойга қўйиб кетмайдими, қаерда туришини қаёқдан биламан?! Чой совиган экан. Шуниси яхши... Кейин эса тўшак солишга ҳам эриниб, телевизор томоша қилган жойимда ухлаб қолдим. Тушимда хотинимдан ғазабландим: «Меҳмонга кетишга бало бормиди?! Энди ким овқат қилади-ю, ким дастурхонни йиғиштиради?..»

Иккинчи кун

Эрталаб овқатни иситадиган одам йўқлиги таъбимни хира қилди, совуқ ҳолда ичдим. Чой дамлашга эриниб, водопровод сувини симириб қўя қолдим... Ишга кетдим. Кечқурун яна ўша овқат кутиб турарди. Битта тоза коса қолган экан, ўшанга овқат қуйдим. Бироқ аллақандай ҳид ва ёқимсиз таъм иштаҳамни бўғди. Ачиган шекилли, чиқинди челакка тўкиб ташладим. Қуруқ чой тополмаганим учун бир стакан қайноқ сувга шакар солиб ичдим. Печеньеларни еб тугатиб, конфет сўриб, кино томоша қилдим. Илк бор хотинимнинг меҳнати ҳақида ўйладим. Ё тавба, шакарли қайноқ сув тайёрлаб, печенье егун ... Читать дальше »

ТИББИЙ КЎРИКСИЗ НИКОҲ МЕНГА ҚИММАТГА ТУШДИ!

Chorshanba00:00


Бўлажак турмуш ўртоғим билан атиги икки маротаба кўришдим. Биринчиси ўз уйида, яна бири кафеда. Уйида унча кўп сўзламади. Кафеда ҳам жуда кам сўзлади. У мени тинглар, баъзида секин кулиб қўяр эди. Шу вақтда нима десам қандай шарт қўйсам, у рози бўлди. Ўйлаб қолдим: шундай қизлар ҳам бор экан, нима десам рози бўлаяпти. Онам айтган 4 та қизлар ичида у таклифларимга, шартларимга рози бўлар эди. Бир дона акам, бирдона синглим бор, уларни ҳурматини жойига қўйишингиз керак. Улар мени жигарим... Отам-онам ва уларни ҳамиша авайлайсиз. Ўзингизни оилангизни қандай қадрласангиз, бизнинг оила ҳам улардек қадрли бўлади, дедим. У ҳамма гапимга хўп дерди. Мени эшитаяптими, мени гапларимга яхшилаб аҳамият бераяптими деб ўйлаб қолардим.
Шу куни кечроқ бўлажак турмуш ўртоғимнинг амакиси мен билан учрашмоқчи бўлди. У билан кўришдим гаплашдим. Қўни-қўшнилардан мени суриштирганлари, улар мен ҳақимда ёмон гаплар гапирмаганини айтди. Адашмасам қайнотамнинг укаси билан бир соатларча сухбатлашдик. Сухбат охирида жияним бироз эркароқ сал маҳкамроқ турасиз деди. Бу гапни мен яхшиликга йўйдимда хоп деб жавоб бердим.
Тиббий кўрикдан ўтиш вақтимиз бўлажак турмуш ўртоғимнинг акаси қўнғироқ қилиб, тўйга оз вақт қолгани, тиббий кўрикни пул билан ҳам тўғирлаш мумкинлиги, бу тез бўлиши ва мени ишимга халақит бермаслигини айтди. Ростадан ҳам мен тўй харажатлари учун яхшироқ ишлашим керак эди. Ҳуллас, тиббий кўрикни пул билан тўғриладик.
Тўй бўлди.Орадан 3 кун вақт ўтди. Турмуш ўртоғим уй ич ... Читать дальше »

Ayollar jinsiy a’zosini toraytirish: muolajalar, tabiiy yo’llari, tug’ruqdan keyin qinni tiklash

Shanba01:13


Ayollar jinsiy a’zosini toraytirish va uni oldingi tarangligini qaytarish — bu kabi savollar qin mushaklari tonusi va elastikligining pasayishi muammosiga duch kelgan ayollar tomonidan ko’p so’raladi. Ayolning chiroyliligi asosan, uning sog’lig’i va jismoniy holatiga har doim g’amxo’rlik qilishi kerak bo’lgan ayol a’zolari tomonidan belgilanadi. Ammo odatda menopauzaning boshlanishi va tug’ruqdan keyin jinsiy yo’llar (qin devorlari) elastiklik va tonusini yo’qotadi va kengayishi qayd qilinadi.

Ayollar jinsiy a’zosini toraytirish: ularning kengayishi sabablari
Mushak tonusini kamayishiga xizmat qilgan omillar bir nechta bo’lishi mumkin. Eng keng tarqalganlariga:
-Tug’ruq va tez-tez abort qilish;
-Ayollarda 50 yoshdan keyin yuzaga keladigan organizmdagi fiziologik o’zgarishlar;
-Muntazam surunkali ich qotishi;
-Jinsiy a’zolarda operatsiyalar o’tkazilishi;
-Mushaklarni ortiqcha jismoniy zo’riqishi tufayli zaiflashishi;
-Profilaktik choralar yetishmasligi.
Qin mushaklarining kuchsizligini nafaqat jinsiy xohishning kamayishi, balki nazoratsiz siydik chiqarish, sekretsiya faolligining pasayishi, jinsiy aloqa vaqtida noqulaylik, og’riq, achishish kabi belgilar orqali aniqlash mumkin.


Bunday o’zgarishlar muqobil tibbiyot va farmatsevtik preparatlar, gimnastika mashqlari yoki jarrohlik aralashuvi yordamida majburiy tuzatishni talab qiladi

Ayollar jinsiy a’zosini tab ... Читать дальше »

Homilador ayolga bayram kunlari yeyish mumkin bo'lmagan yeguliklar

Dushanba22:42


O'zbeklarning bayramona dasturxoni xilma hil yeguliklarga boy bo'ladi. Odatda bayramda hamma aralash yeyishga odatlangan. Homilador ayolga bu borada ehtiyot bo'lish lozim.

Quyidagi yeguliklarni homilador ayol yemasligi tavsiya etiladi:
1. Mayonezlik salatlar. Uni o'zrniga smetana yoki zaytun yog'iga aralashgan salat yegan ma'qul.
2. Xom baliqdan qilingan salatlar. (masalan, karischa Hek salati)
3. Selyodka balig'i solingan yeguliklar.
4. Konservadan qilingan yeguliklar.
5. Sushi.
6. Spirtli ichimliklar.
7. Sho'r va dudlangan taomlar.
8. Yog'liq shirinliklar.
9. Gazli ichimliklar.
10. Bundan oldin hech qachon yeb ko'rilmagan mahsulotlar. Allergik reaksiya qo'zg'otishi havfi bor.
11. Ko'cha-kuydagi taomlar. Yangi yil kechasi homilador ayol ko'cha ovqatidan yemagani ma'qul.
12. Chala pishgan taomlar. (masalan, steyk yoki kabob).
Eng muhimi meyorida yeyish tavsiya etiladi. Dasturxondan og'ir qorin bilan emas, sal to'ymagan qorin bilan turish eng yaxshi qoida.

Homiladorlikda asabiy bo'lish, yig'lash.

Dushanba22:39


Homiladorlikning alomatlaridan biri asabiylashish, yig'lash desak adashmagan bo'lamiz. Aslida xursand bo'lib yuradigan ushbu davrda ko'pchilik ayollar asabiy, yig'loqi bo'lib qoladi. Nega?
Homiladorlik davomida ayol organizmida kuchli gormonal o'zgarishlar yuz beradi. Aynan shu gormonal o'zgarishlar tufayli ayolning kayfiyati o'zgaruvchan bo'lib qoladi. Hozirgina kulib turgan ayol birdaniga yig'lab yuboradi. Yoki arzimagan gap uni 1 soat tinmay yig'lashga undaydi.
Eng qizig'i, homiladorlikni oylab, hatto yillab kutgan ayolda ham bu davr xursandchilikni o'rniga mayuslik, bexotirjamlik, havotir tuyg'ularini olib keladi.
Ko'pincha kayfiyatdagi keskin o'zgaruvchanlik 2 trimestrning oxirlariga borib yo'qqa chiqadi. Bunga sabab ayol organizmidagi gormonal o'zgarishlar keskinligi bu davrda kamayadi.
Eng alam qilgani, atrofdagilar yig'ab yurgan homilador ayolni tushunmaydilar. Aksincha, unga tanbeh berib, bunday qilish noto'g'ri ekanligini o'qtiradilar.
Lekin ayol atayin bunday qilmaydi, undan tashqari atayin bunga chek qo'yish ham qo'lidan kelmaydi. Ko'chadagi daraxtga qarab turib ham yig'lab yuborishi hech gap emas bo'lib qoladi.Homilador ayolning yig'lashi keng tarqalgan holat.
Bu yomonmi? Yo'q, albatta.
Bu normal holatdir. Bunga hech qanday kasallik ham sababchi emas, lekin hadeb yig'layverish ham ayolga yengillik bermaydi. Undan tashqari rivojlanayotgan homilaga ham ijobiy ta'sir etmaydi.
Shuning uchun eng muhimi homilador ... Читать дальше »

Jinsiy aloqalar soni qancha bo'lishi kerak?

Dushanba22:26


Oilaviy hayotda jinsiy munosabatlar muhim o'rin tutadi. Buni inkor qilib bo'lmaydi.
Hamma oilada ham bu munosabatlar mavjud. Lekin turli xil oilalarda ularning soni va albatta sifati ham turlichadir.
Biz hozir jinsiy aloqalar soni haqida gap yuritmoqchimiz.
Siz turmush o'rtog'ingiz bilan necha marta aloqada bo'lasiz? Bir oyda 1 marta? Bir haftada 1 marta? Yoki 1 kunda bir martami?
Albatta erkakning yoki ayolning o'z turmush o'rtog'idan tashqari boshqa jinsiy aloqaga kirisha oladigan tanishi bo'lmasa, yuqoridagi savollarga haqqoniy javob olsa bo'ladi.
Biringiz bizda oyda bir necha bor bo'ladi desangiz, biringiz haftada bir necha bor aloqada bo'lishingizni aytasiz. Ba'zilar esa kunda aloqada bo'lishini ta'kidlab o'tadi.
Qaysi biri norma? Qaysi biri yaxshi yoki qaysi biri yomon?
Bu savolga aniq javob bera olmaslikning bir asosiy sababi bor. Savolga javob beradiganlarning turmushi haqida ma'lumot mavjud emas.
Oiladagi jinsiy aloqalar soni aslida ko'p faktorlarga bog'liq. Ular:
1. Turmush qurilgan davr. Albatta turmushning ilk 5 yillarida jinsiy munosabatlar soni keyinchalik turmushda kechadigan jisniy aloqalar soniga nisbatan ko'proq bo'ladi.
2. Erkak va ayolning salomatligi. Sog'lom erkak muntazam ravishdagi jinsiy munosabatlarga muxtoj bo'ladi. Jismonan va ruhan sog'lom ayolda esa jinsiy munosabatlarga ijobiy qarashi bo'ladi.
3. Er-xotin orasidagi munosabatlar. Erkak sog'lom bo'la turib oilada o'z xoti ... Читать дальше »

Қовушишнинг ҳикматлари

Juma23:39


Эр-хотинликни узвий боғловчи қовушиш, яъни жинсий яқинликда қандай тиббий ҳикматлар мавжуд?
Ғарб олимларининг тадқиқотларига кўра, эркакларнинг узоқ умр кечириши жинсий ҳаётдан оладиган лаззатланиш миқдори билан узвий боғлиқ эмиш.. Мутахассислар бунинг сабабини инзол пайтида қонга лаззат гормонлари – эндорфинларнинг кўпроқ миқдорда тушиши билан боғлайдилар. Бошқа жисмоний фаол ҳаракатлар каби меъёрий жинсий муносабат ҳам зиқликни бартараф этиб, асаб-руҳий тизим ва бошқа аъзолар фаолиятига ижобий таъсир этади. Албатта, ушбу ўринда эркак кишининг ўз хасми ҳалоли-рафиқаси билан бўлган муносабати назарда тутилмоқда. Зино эса, аксинча эрлик кушандаси эканлиги шубҳасиз.
Агар эр-хотин ўртасидаги жинсий муносабат икковларини ҳам тўлақонли қаноатлантирадиган даражада бир маромда, режали тарзда муттасил амалга оширилса, унинг қуйидаги шифобахш жиҳатларидан баҳраманд бўлиш мумкин:
Биринчидан, жинсий муносабат фаол жисмоний ҳаракат бўлганлиги боис, киши бир маротабалик интим яқинлик давомида спортчининг ярим соат шуғулланганига тенг миқдордаги энергияни йўқотади. Бу эса, танадаги ортиқча юкни бартараф этиб, аср таҳдиди бўлган семизликнинг олдини олади.
Иккинчидан, яқинлик пайтидаги тананинг фаол ҳаракатлари сон, думба, бел ва тос мушаклари фаолиятини кескин кучайтириб, ундаги қон айланиши, модда алмашинуви каби кўплаб жараёнларга ижобий таъсир этади.
Учинчидан, жинсий яқинлик учун зарурий биофаол тестостерон моддасининг ишлаб чиқилишининг ... Читать дальше »

Доноларнинг жимо ҳақидаги иқтибослари

Juma23:26


— «Жимо баданни овқат учун тайёрлайди, шод қилади, ғазабни сўндиради, ёмон фикр ва савдойи васвасани, узоқ вақт жимо қилмай юриш сабабли юз берган мояк шишини қувади…»

Абу Али ибн Сино


— «Дардларнинг асосий сабаблари: кўп ейиш, ортиқча жимо билан машғул бўлиш, кўп гапириш ва кўп ухлаш, яъни камҳаракатликдир…
Луқмони Ҳаким


Билгинки, шаҳватни кесадиган нарсалар олтитадир. Биринчи — ғамнинг кўплиги, иккинчи — бўғимларнинг сустлиги, учинчи — қаттиқ чарчаш, тўртинчи — хунук манзарани кўриш, бешинчи — уруғ идишларидан баъзисининг бузилиши, олтинчи — жинсий олатнинг шамоллаши.
Абу Али ибн Сино


Белни доимо маҳкам боғлаб юриш шаҳватни ҳаяжонга келтиради. Икки оёқни иссиқ тутиш эса жинсий алоқага ёрдам қилади, чунки у ҳаракатни баданнинг ташқи томонига ёяди. Отда юриш эрлик қувватини кучайтиради.
«Хавос-ул Ашё»


Жинсий алоқа асл иштиёқ туғилган пайт, қорин оч ҳам, тўқ ҳам бўлмай, бадан қизимай ҳам, совумай ҳам туриб, тан нам ҳам, қуруқ ҳам бўлмаган пайт, яъни кечанинг аввалида бўлиб, тонггача қувват яна тикланиб улгуриши лозим.
«Тиб қонунлари»


Мижозни суст қилиб, уруғга зарар етказадиган сабаблар: эрлик безидаги ва тухумдаги иллат, ҳаммомда кўп ўтириш ва кўп терлаш, камуйқулик, кўп қусиш ва су ... Читать дальше »

“Азиза”ларнинг “ожиза”ликлари

Juma23:00


“47 ёшдаман. Касбим ҳамшира. Раҳматлик эрим билан шифохонада топишганимизда, эндигина йигирмадан ошгандим. Шифокор эрим билан ўн олти йил яшаб, уч нафар қизли бўлгандик. Шафқатсиз қисмат уни дардга йўлиқтириб, бағримиздан юлиб кетди. “Олдингдан оққан сувнинг қадри йўқ”лигини эндигина англаб етаётгандайман.
Ҳозир икки қизим турмушга чиққан. Куёвларимда хўжайинимга хос хислатларни тополмай ҳалакман. Пешонам саждага бориб, ибодат ҳаловатини топгач, болаларимнинг отаси қандай асл инсон бўлганлигини кеч бўлса-да, тушундим.
Эсимда, эндигина турмуш қурган пайтимизда, эр-хотиннинг “тенгҳуқуқлиги” борасида оғиз кўпиртиришни хуш кўрардим. Унинг жимгина жилмайиб туришини, таслим бўлганликка йўйиб, аёлларнинг “ожизалар” эмас, ўз ҳусни-жамоли билан эркакларни “ожиз қолдирувчи жинс вакилалари” эканликларини таъкидлаганим-таъкидлаган эди. У эса мени “ожизам” дея эркалаганига ҳам пушаймон бўлиб, аёлларни “ожиза” дейиш камситиш эмас, аслида замирида катта маъно ётувчи “унвон” эканлигини тушинтиришга ҳаракат қиларди.
Эрим аёлига зулм қиладиган, рафиқасига оғир ишлар қилдирадиганларни ёмон кўрар эди. Уят бўлса-да айтай, ҳар ойда бўладиган ҳайз жараёни тугаш кунига албатта гўшт, сара ҳўл мевалар олиб келишга одатланганлигини, ўша кунлар ичида соғиниб қолганлигига йўярдим.
Бу меҳрибончиликлар ҳикматини, мен нодон, тўнғич қизим ой кўриб бошлагандан сўнггина англадим. Хўжайиним қизидаги физиологик жараён тугаган кунда ҳам бозор-ўчар қилишни канда этмасди.
Қи ... Читать дальше »

«Азил»нинг азиятлари

Juma22:58


Маълумингизким, ота-боболаримиз ҳам азалдан ҳомиладорликнинг олдини олиш борасида бош қотирганлар. Шу боис, ҳомила бўлиб қолмаслиги учун эркаклар «азил» услубини кенг қўллаганлар, яъни манийни аёл аъзосидан ташқарига тўкканлар. Замонавий контрацептив моддалар жуда сероб бўлган ҳозирги даврда айримларнинг мазкур услубдан фойдаланишлари қанчалик асосли?

Фикри ожизимизча, ҳомиладан сақловчи воситаларнинг юзлаб турлари пайдо бўлган бугунги кунда «азил» услубини қўллашнинг ҳеч ҳам зарурати йўқ. Зеро, замонавий табобат, «азил»нинг қуйидаги нохуш асоратларини эътироф этмоқда:

1.Олимларнинг таъкидлашларича, азил пайти жинсий алоқани бўлиб-бўлиб тўхтатавериш 67 фоиз аёлларда лаззат ҳиссиётининг сезилмаслигига олиб келиши билан таҳдидли экан.
2. Жинсий алоқа пайти шаҳватнинг беихтиёр қинга тўкилиб кетишидан ҳадиксираш эса асаб-руҳий беқарорлиги каби нохушликларга сабаб бўлар экан.
3. Шаҳват таркибидаги қатор моддаларга аёл вужудида табиий эҳтиёж мавжудлиги боис, азил натижасида аёл танасида гормонларга чанқоқлик ҳисси пайдо бўлар экан.
4. Шаҳватни ташқарига тўкиш пайтида эркак аъзоси қин айлана мушаклари оғушида бўлмаслиги ҳам нохушликларнинг асосий сабабларидан ҳисобланиб, эр-хотин низоларига ва ҳаттоки ажралишларга олиб келиши кузатилган.
5. Аёллар шаҳват тўкилганидан сўнг ҳам эркакни анча вақтгача ўз вужуди «таркибий қисми» сифатида оғушида бўлишини хуш кўришларида ҳам турфа ҳикматлар яширин эканлиги шубҳасиз.
Бугун ... Читать дальше »

Жинсий алоқанинг фойдалари

Juma22:54


Ўз вақтида воқе бўлган ўрта мўътадил жинсий алоқа шундай бўладики , унинг кетидан чиқиндиларни бўшатиш, гавдани енгиллашуви ва гавдани кейинги ўсишга тайёрлаш ҳосил бўлади. Гуё сўнгги озиқдан бир нарсани кучлаб бадандан олинган бўлиб унинг ўрнини тўлдириш учун табиат кучли таъсир қиладиган ҳаракатда бўлади шу вақтда бўладиган бўшалиш бунга ёрдам қилади. Гоҳо алоқадан кейин кишини енгган фикр йўқолиб , тетиклик пайдо бўлади, қаттиқ аччиқланиш босилади ва киши тинчланади .

Бу ўзининг тетик қилиши ва мия ҳам юракда уруғ туфайли тўпланган дудни даф қилиши билан меланхолияга , савдойи касалликларнинг кўпига фойда қилади тўлиқликдан бўлган оғриқларига , балғамий касалликларнинг ҳаммасига, айниқса булар туғма ҳарорати уруғ чиқиши билан камаймайдиган кишиларда бўлсалар фойда қилади. Шунингдек , у овқатга иштаҳани очади , чов ва мояклар атрофида пайдо бўладиган шишларнинг моддасини кесади. Алоқани тарк қилган ва уруғ тўхталганида кўз олди қоронғиланиш , бош айлариши ва бош оғирлиги, буйракдан келувчи сийдик йўлларида ва белда оғриқ ва шишлар пайдо бўлган ҳар бир кишига муътадил алоқа шифо беради.

Мижози жинсий алоқани талаб қиладиган кишиларнинг кўпчилиги уни тарк қилганларида баданлари совиб, ҳоллари ёмонлашади ва овқатга иштаҳалари йўқолади , ҳаттоки овқатни қабул қилмасдан қусиб ташлайдилар. Баданида тутун буғи бўлган кишини алоқа енгиллаштириб , унга фойда қилади унинг учун қўрқинчли бўлган тутунли буғ тиқлиши натижасида юз берадиган зарарларни йўқотади . ... Читать дальше »

ЭРКАКЛАР, ХИЁНАТ КЎЧАСИДАН ҚАЙТИНГ!

Shanba00:50


Нега айрим эркаклар рафиқасига хиёнат қилади? Қанча уринсангиз ҳам, айюҳаннос солсангиз ҳам бу боши берк кўчадан қайтмайди? Тўғри, бундай вазиятларда улар ўзини оқлаш учун юзлаб сабабу баҳоналарни олдингизга териб қўяди. Биз эса бугун эркакларнинг хиёнат қилмаслиги учун ўнтагина сабаб келтирамиз.


  • Яратган зинони ҳаром қилган. Бу улкан гуноҳ. Илгари шариат ҳукми бўйича зинокорларни тошбўрон қилишган. Жаҳаннам азоби олдида бу нима бўпти?!
  • Кўнгил учун. Сиз аёлингизни севасиз, ардоқлайсиз. Нега уни бошқа бировга алмаштирасиз? Севмай қолган бўлсангиз, унга кўнглингиз тортмаса, барча оқибатларга рози бўлиб, масъулиятни зиммангизга олиб ажрашинг ва ўша севиб қолганингизга уйланинг. Токи ҳаммаси ҳалол бўлсин. Соф, тоза муҳаббатга ҳирсни аралаштириб нима қиласиз? Кейин севган ёрингизнинг кўзига қандай қарайсиз? Унинг тоза муҳаббатини қандай қабул қиласиз? Ҳисларнинг ҳам уволи бўлади. Энг ёмони оний лаззат деб, бир умрлик йўлдошдан ва муҳаббатдан айрилиб қолиш.
  • Болалар ҳаққи. Хиёнатингиз ошкор бўлиб қолса, ота-онасининг кундан-кун бузилиб бораётган муносабатларини кўриб, фарзандларингиз қай аҳволга тушишини ҳеч ўйлаб кўрганмисиз? Улар учун ота ҳам, она ҳам бирдек керак. Жондан азиз болаларингизнинг кўз ёшлари, тунги қўрқувлари, келажакдаги руҳий муаммолари, наҳотки, бир неча лаҳзалик (кунлик, ойлик ё йиллик бўлса ҳам...) кўнгилхушингизга арзиса? Шулар эвазига келадиган хушбахтлик туйғуси сизга қандай татийди? Борди ... Читать дальше »

ЭРКАКЛАРНИ ҚАНДАЙ СЕВИШ КЕРАК?

Shanba00:31


Аёллар ҳиссиётга берилувчан бўлишади, бу ҳеч кимга сир эмас. Биз ҳамма ишни жўшқинлик билан амалга оширамиз, айниқса, муҳаббат бобида. Лекин эрни нафақат туйғу, балки ақл билан ҳам севиш керак. «Қандай қилиб, шунақаси ҳам бўларканми?» дейишга шошилманг. Яхшиси, қуйидаги 10 маслаҳатга амал қилишга уриниб кўринг.
1. Муносабатларнинг қадрига етинг
Унда-бунда, эсингизга тушганда эмас, ҳамиша, ҳар доим, ҳар дақиқада. Икки инсон бир-бири билан нима мақсадда никоҳ ришталарини боғлайди? Бир-бирини бахтли қилиш, қўша қариш, ували-жували бўлиш... Ҳар сафар эрингиздан норози бўлганингизда, уни қайта тарбиялаш, танқид қилиш, заҳарингизни сочишга шайланганингизда, дўстларию яқин қариндошларини ёмонлашга оғиз жуфтлаганингизда, болангиз ёки шимининг ранги борасида баҳслашишга киришганингизда шу гапни эсланг: сизга бахтли бўлиш муҳимми ё ҳақ бўлиш? Кўпинча аёллар йўқ жойдан муаммо ўйлаб топишади ва унга жуфтларининг муносабати ўзлари кутгандек бўлмаганидан жаҳлланиб, муаммонинг миқёсини оламшумул даражага олиб чиқишади.
2. Мақтанг!
Агар мақтовга арзирли жиҳатлари бўлмаса, ҳеч бир иши кўнглингизга ўтиришмаса, нима учун унга турмушга чиққансиз? Бирор фазилати бордирки, ёқтиргансиз, севгансиз. Ўша жиҳатларини ёдда тутинг. Турмуш ўртоғингиз учун талабчан бошлиқ, маслаҳатгўй она ёки инжиқ қиз ролига кирманг. Шунчаки, унга ғамхўрлик қилинг-у, аммо буни жуда бўрттириб юборманг. Муҳими, эрингизни мақтаб туринг. Йўқ эмас, бор сифатларини айтиб, самимий равишд ... Читать дальше »

Testosteronning Tabiiy Manbalari

Juma22:59


Fikrlarimga xohlasez qo’shilmasligiz mumkin;
Mavjudimiz uchun testosteronga “qarzdormiz” .
Mushaklar rivojlanishida ishtirok etadi, libidomizni nazorat qiladi; suyaklarimizni, yuragimizni va xotiramizni baquvvat qiladi.
Albatta j.olat (penis) o’lchamini ham belgilaydi.
Shundoq ekan testosteron gormonimizga yanada ko’proq e’tibor berishimiz kerak.
- Xop ma’lum ozuqa vositalari bilan gormonimizning ko’rsatkichlariga ijobiy yoki salbiy ta’sir qilishimiz mumkinmi? - deb sorasak,

Javobimiz: - Albatta mumkin! boladi.

Unda qaysi oziq moddalari ekanligi haqida quyida keltirib o’tamiz.

Nimalar Zararli

  • Aroq (spirtli ichimliklar)
    spirtli ichimliklarni iste’mol qilishni yoqtirishiz mumkin, lekin boshqa bir qancha zararlarini juda ko’p joyda eshitgansizlar, bu yerda men sizlarga qisqagina qilib agar testosteronni bugun va kelajakda kerakligini qabul qilsangiz, aroqdan mutloqo uzoqroq turung deyman, chunki spirt organizmdagi endorfinlarni ishlab chiqarilishini ko’paytirib kayfiyatingizni ko’targandek bo’ladi lekin xuddi shu kimyoviy moddalar testosteron ko’rsatkichini ham pasaytiriadi. Xattoki uzoq davrni inobatga oladigan bo’lsak qorin va bel soxasida yog’larni ko’paytirib testosteronni asl vazifasidan boshqa ayollik gormoniga aylanib ketishiga ham hissa qo’shadi.
  • Soya mahsulotlari
    Soya bilan testosteron ko’rsatkichi orasidagi munosabat ilmiy maqola yozilishiga zamin tayyor ... Читать дальше »

  • Miopiya — uzoqdan yaxshi ko‘ra olmaslik

    Dushanba23:01


    Miopiya — uzoqdan yaxshi ko‘ra olmaslik

    Kasallikning rivojlanishi davri 9 yoshga to‘g‘ri keladi. Agar miopiyani vaqtida aniqlab kerakli davo choralari ko‘rilsa, nafaqat ko‘rish qobiliyati pasayishining oldi olinadi, balki ushbu jarayonni orqaga qaytarish ham mumkin.

    Miopiya shunday xastalikka, bunda ko‘zlar faoliyati buziladi, ya’ni uzoqda turgan obyekning tasviri to‘r pardada emas, balki uning oldida paydo bo‘ladi. Natijada, bola uzoqdagi narsalarni (masalan sinf dokasidagi yozuvlarni) noaniq ko‘radi. Yosh ulg‘ayishi bilan miopiya darajasi oshib boradi va bola 20 yoshga to‘lganda, ya’ni organizm shakllanib bo‘lgach barqarorlashadi.

    Miopiya kasalligining asl sababi nima?
    Miopiyada ko‘z o‘qining uzunligi meyordan yuqori, ya’ni ko‘zning nur sindirish kuchi yorug‘lik nurlari to‘g‘ri to‘r pardada fokuslanishi uchun juda katta bo‘lib, fokus to‘r parda oldida joylashadi. Shuning uchun to‘r pardadagi tasvir noaniq bo‘ladi va uzoqdagi obyekt xira ko‘rinadi.

    Bolalarda miopiyaning paydo bo‘lishi asosan genetik moyillik bilan bog‘langan. Miopiya rivojlanishiga moyillik bolalarga ko‘pincha ota-onasidan o‘tadi. Genetik olimlardan tashqari, miopiya rivojlanishiga bolaning yaqin masofalarda (o‘qish yoki kompyuterda ishlashda) ko‘rish zo‘riqishiga bog‘liqdir. Agar yaqin masofalarda ko‘rish qobiliyatini fokuslash uchun mas’ul bo‘lgan ko‘z mushaklari uzoq muddat zo‘riqish bilan ishlasa, yaqin masofadagi ishni bajarish vaqtida ul ... Читать дальше »

    ​“БИРОВНИНГ ЭРИДАН БОШҚА НИМАНГИЗ БОР?”

    Juma01:18


    Яқинда таҳририятга қўнғироқ қилган аёл, ҳаёти айримларга сабоқ бўлиши мумкинлигини айтди. — Фақат исмимни ошкор этмайсиз, ҳарҳолда виждонимни бутунлай ютмаганман, — деди Гулнора (исми ўзгартирилган). — Оила қурганимизга беш йил бўлгач, фарзандсизлик туфайли турмушим бузилди. Шифокорлар иккалангиз ҳам соппа-соғсиз, балки бошқа турмуш қурсангиз фарзандли бўлиб кетишинглар мумкин дейишди. Шу гапдан кейин эрим ажрашишга дарров рози бўла қолди. Аввалига оилам бузилганидан қаттиқ куйиндим, лекин ишга чиққанимдан кейин дардим бироз ариди. Катта бир компаниянинг реклама бўлимида кичкина лавозимни эгаллаган бўлсам-да, ишим ўзимга ёқарди. Ҳар хил одамлар билан учрашаман, реклама бериш учун турли ташкилотларга бораман. Учрашувлар, семинарларда қатнашиш жону дилим, ишқилиб уйда ўтирмасам бўлгани. Секин-аста дид билан кийиниш, турли одамлар билан муомала қилиш, тадбирларда ўзимни тутишни ўргандим. Шундай тадбирларнинг бирида Аъло ака билан танишиб қолдим. Қирқ беш ёшлардаги, келишган, гап-сўзлари мулоҳазали бу одамнинг ўз бизнеси бўлиб, бадавлат ва уддабуронлиги шундоққина билиниб турарди. Маҳсулотимизни реклама қилиш учун ўзимни ўққа-чўққа уриб юрганимни зимдан кузатиб турган экан.

  • Жуда чаққон, жонкуяр ходим экансиз, қани эди меникилар ҳам шунақа бўлишса... — деди у мулойим жилмайиб.
  • Анчадан буён шу гапни сенга айтолмай юргандим. Фарзандли бўлсак, қани эди... — деди у энтикиб.
  • Сиз билан алоҳида гаплашсам бўладими, Гулнорахон? — деди аёл.
  • ... Читать дальше »

  • Нозик муносабатлар чигаллашаверса…

    Juma00:48


    Ёхуд ҳамма гап темпераментдами?
    Оила эркак ва аёлнинг ўзаро ҳурмати, ишончи ва ҳамжиҳатлиги асосида қурилиши рост. Муҳаббат, туйғулар ҳам бўлиши керак, албатта. Яна жинсий ҳаёт сифати ҳам муҳим. Лабингизни буриб, қовоғингизни учиришдан аввал тўхтанг! Ахир сиз эмасми, жинсий муносабатларда эрининг совуққонлигию қўполлигидан шикоят қилган? Ёки кунда-кунора яқинликни истаётган жуфтингиздан чарчаганингизни айтиб нолиётган? Хўш, муаммо сиздами ёки унда? «Ҳамма гап темпераментда!» дейсизми?! Аслида унинг нималигини биласизми? Ўзингизнинг темпераментингиздан-чи, хабарингиз борми? Келинг, барча шубҳа-гумонларга бугун нуқта қўйиб, муносабатлардаги инқирозни таҳлил қиламиз. Эҳтимол шунда бир-бирингизнинг «тил»ингизни тушунарсиз…

    Мутахассис — сексапотолог Дилмурод ЭРГАШЕВ.

    ЭРКАК «+» АЁЛ «-»

    Жинсий яқинликда истакларнинг бўлиниши ҳақида сўз очдикми, демак, муаммони ҳам рўйи-рост гапиришимиз лозим. «Эрим кунора яқинликни истайди. Менда эса бунинг акси. Биз икки хилмиз!» Йўқ! Сиз икки хил эмассиз, балки бир-бирингизни тушунишни, тинглашни истамайсиз, холос. Темпераментни ҳам тинч қўйинг.

    Табиатан темпераменти юқори бўлган эркаклар бор. Уларнинг жинсий яқинликка бўлган эҳтиёжи бир кунда 3-4 мартадан ҳар кунликкача бўлиши мумкин. Баъзиларда муносабатга киришиш истаги ҳафтада 1-2 марта содир бўлади. Бу ҳам нормал ҳолат. Яъни эркакнинг темпераменти шунга мос. Ушбу ҳолатдан муаммо ясаш, камига уни оилани инқирозга етакловчи омил ... Читать дальше »

    Йигит эркак кишидан қандай фарқланади?

    Juma00:36


    1.Эркак киши нима исташини билади ва шунга қараб боради. Йигитда фақат ғоялар бўлади. Йигитлар у ҳақда кўп ўйламайди, агар ўйласа ҳам уларни амалга ошириш учун кам ҳаракат қилади. Йигит фаол бўлмайди, эркак киши ғайратлилиги билан ажралиб туради.

    2.Эркак киши келажакни режалаштиради, мақсадларни аниқ белгилайди ва шу йўналишда ишлайди. Йигит фақат бугунги кун билан яшайди. У катта хаёлпараст, асосан унинг режалари келгуси дам олишлари қаерга бориши ва нима иш билан шуғулланиши билан чегараланган.

    3.Эркак киши келажагини аниқ кўради, қандай намуна кўрсатишни исташини аниқ билади ва ўз ҳаётини аниқ режалаштиради. Унинг устун жиҳатлар тизими бор. Йигитда эса аниқ аҳлоқий компас йўқ, шу сабабли у кўпинча тутуруқсиз ва изчил бўлмайди.

    4.Эркак киши вақтни қандай қилиб яхши тарзда ўтказишни ва ижтимоий фаол бўлишни билади, лекин кўпинча банд бўлади. Сабаби у кўзланган мақсад ва натижаларга эришиш сари бораётган бўлади. Йигит ўзини сийлашни жуда яхши кўради ва бошқа ишларга нисбатан шуни бажаради.

    5.Эркак киши нимани гапираётганини назарда тутади, назарда тутган нарсасини гапиради. У ўз ваъдаларини бажаради ва сўзини шамолга совурмайди. Агар у ваъда қилинган нарсани бажара олмаса, унда жасорат етишмаса, бу ҳақда сизга айтади. Йигит ваъда беради, лекин уларни бажариш ҳақида ташвиш қилмайди. У бошқалар ва ўзи учун сабаб ва баҳоналарни топади.

    6.Эркак киши рад қилинишдан қўрқади, лекин барибир ҳам ҳаракат қилади. Йигит ҳам ... Читать дальше »

    « 1 2 3 4 5 ... 42 43 »
    Eng ko'p o'qilganlar
    Материалов за текущий период нет.
    Homiladorlik Taqvimi
    Saytdan izlash
    So'rovnoma
    Каердан сайтимизни Топдингиз?
    Всего ответов: 110
    Saytga Kirish

    Hisobot


    Reklama