Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 38 haftasi

Shanba02:25


Onaning holati
Haqiqiy tug'luqlar boshlanishidan
oldin siz aldamchi tug'luqlarga
duch kelishingiz mumkin. Ular
Brekston -Xiks tug'luqlaridan
farqlanadi. Haiqiqiy tug'ish
jarayoni boshlandimi, yo'qmi siz
o'zingiz his eta olasiz. Ba'zi-
ba'zida qorin va toz sohangizda
keskin elektrik tok o'tgandek
og'riqlar bolaning boshi tozda
mahkamlanayotganidan va sizning
asablaringizga tegib
ketayotganidan dalolat beradi.
Homiladorlikning oxirgi
haftasidagi kichik bir noqulaylik
qorinda striya cho'zilishning
paydo bo'lishidir. Bu qizg'ish
rangdagi chiziqlar bo'lib, qorin va
bo'ksalarda namoyon bo'ladi.
Shunday bo'ladiki, bugun uyquga
ketganingizda yo'q bo'lib, ertasi
kuni ertalabdan ular ko'p
tarqalgan bo'lishi mumkin.
Tuqqaningizdan keyin ular
bunchalik ko'rinarli bo'lmay, rangi
ochilib ketadi.
Ko'kraklar hajmi og'irlashib
ketgan. Ulardan og'iz suti ajralishi
sizni ona bo'lishingizga
tayyorlamoqda.
Bolaning harakatlarini kuzatib
yuring. Uzoq vaqt mobaynida bola
qimirlamay qolsa, bu haqda
shifokorga xabar bering. Bolaga
hech narsa qilmagan bo'lsada, u
qiynalayotgan bo'lishi mumkin.
Qindan qon yoki suyuqlik ajralishi
tug'ish jarayoni
boshlanayotganidan dalolat
beradi. Qon ajralishi esa biroz
xavfliroq holat d ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 39 haftasi

Shanba02:23


Onaning holati
Hozir bachadon bo'yni qisqarib
ochilmoqda. Siydik pufagi esa
o'zida juda katta bosim his
etmoqda. Tug'ish payti
yaqinlashayotgan sari biroz
asabiylashishingiz mumkin.
Tug'ish jarayoni
boshlanayotganidan muntazam
ravishda qaytarilayotgan tug'luqlar
dalolat beradi. Tug'ish jarayoni
Tug'ish jarayoni yaqinlashmog'i
haqida yana bir belgi suv kabi
suyuqlikning qindan ajralishi yoki
biroz xavfliroq holatda qon
ajralishi. Bunda tezda shifoxonaga
borish yoki Tez yordam
chaqirtirish talab etiladi.
Tug'ishdan oldin bolaning boshi
tozda yaxshilab o'rnashib oladi. Bu
holat uning tug'ish jarayonida
oson harakatlanishiga yordam
beradi. Ayniqsa oldin tuqqan
ayollarda bunday bo'ladi.
Shuning uchun tuqqan ayollarda
tug'ish jarayoni osonroq,
davomiyligi esa qisqaroq bo'ladi. Saboq.Moy.Su saytidan olingan. Bolaning holati
Bolaning uzunligi 50 sm
Og'irligi 3000 gr
Bola asosiy momiq tuklarini
yo'qotib bo'ldi. Oyoq
barmoqlaridagi tirnoqlari o'sib
bo'ldi. Bolaning kindik ichakchasi
1.3 sm qalinlikda bo'lib u orqali
xali ham ozuqa moddalari bolaga
yetkazilib berilmoqda.
Sizning qoningizdagi
antimoddalarning kichik miqdori
bolaning qoniga yo'ldosh orqali
o'tib qolishi mumkin. Bu uning
immun tizimi ishga tushishi ... Читать дальше »

Homiladorlik taqvimi- homiladorlikning 40 haftasi

Shanba02:21


Onaning holati
Bola tug'ilishini kutayotib tinch
bo'lishga asabiylashmaslikka
harakat qiling. Og'riqlar bezovta
qilgan payti chuqur nafas oling.
Homiladorlikning oxirgi
kunlarida yoningizda doim
yaqinlaringizdan kimdir bo'lishi
kerak. Tug'luqlar boshlanib
qolganda shifoxonaga borish
uchun sizga yordam kerak
bo'ladi.
Shifokor tug'ish muddatini
belgilagan bo'lishiga qaramay,
aynan o'sha kuni tug'ishingiz
ehtimoli juda kichik. Shuning
uchun tug'ish jarayoniga oldindan
tayyor bo'lib yuring.
Siz endi umuman sekin
harakatlanadigan, bir joyga
sig'maydigan bo'lib qoldingiz.
Siz tug'ishga shoshayotganingiz
bilan endi oz qolganini bilib
turibsiz.
Uxlayotganda qulay holatda
bo'lish juda qiyin bo'lmoqda. Lekin
ko'proq dam olish haqida
unutmang. Uyqingiz kelmasa ham,
yotib yaxshi niyatlar qilib yoting.
Tug'ish jarayonida sizga juda ko'p
kuch kerak bo'ladi.
Bolaning harakatlariga ahamiyat
berib yuring. Uning uzoq vaqt
harakat qilmasligi u
qiynalayotganidan dalolat berishi
mumkin.
Aldamchi tug'luqlar soni ko'payib
borishi mumkin, lekin ba'zi ayollar
ularni sezmay birdaniga haqiqiy
tug'luqlar bilan tug'adilar.
Vahimada va xavotirda bo'lmang.
Tug'ish jarayonida kerak
bo'ladigan nafas olish
mashg'u ... Читать дальше »

Homiladorlikning 3-trimestri (28-42 haftalar)

Shanba02:18


Homila razmerlari tezlik bilan
ko'payadigan davr. Uchinchi
trimestr mobaynida homila
o'rtacha 3.2-3.5 kg og'irlikda
bo'lib, bo'yi o'rtacha 48-52 smga
teng bo'ladi.
Homiladorlikning 7 oyi ham yetib
keldi. Ko'pchilik ayollar shu
muddatga kelib yana oz
qolganidan yengil tortadilar.
Homiladorlikning ushbu
muddatida bachadon razmerlari
ancha kattalashgan bo'ladi. Homila
harakatlari ko'payadi va
kuchayadi. Endi tug'luqlar
namoyon bo'lishi ham mumkin.
Agar ular regulyar bo'lsa yoki 1
soatni ichida kamida 2 marta
qaytarilsa, u holda tezda vrachga
murojaat qilish shart.
Uchinchi trimestrda
bachadon siydik pufagini siqishi
tufayli homilador ayol tez-tez
hojatga chiqishi kuzatiladi. Vazni
ko'paygan homilador ayollarda
ko'p yurganda yoki harakat
qilganda nafas olishi qiyinlashishi
namoyon bo'lishi mumkin. Buning
sababi kattalashgan bachadon
o'pkani ham bir oz
siqayotganidadir. Shuning uchun
toza havoda ko'p bo'lish lozim,
onaga ham homilaga ham
kislorod juda kerak bo'ladi. Lekin
homiladorlikning oxirgi
haftalariga kelib homila pastroq
siljiydi va nafas olish, harakat
qilish osonlashadi. Shuning uchun
ko'pchilik homilador ayollar 9-
oyga kelib o'zini yengil bo'lib
qolgandek sezadi.
Ayrim ayollarda
Br ... Читать дальше »

Homiladorlikning 2-trimestri (14-28 haftalar)

Shanba02:15


Ushbu davr mobaynida
homilaning bo'yi 30 sm gacha
o'sadi, vazni 700gr gacha oshadi.
Homiladorlikning 2-trimestrida
bo'lajak farzand jinsini aniqlash
mumkin.
Ikkinchi trimestr ko'pchilik ayollar
uchun eng yengil va yoqimli
davrdir. Bu davrga kelib toksikoz
alomatlari deyarli yo'qolgan
bo'ladi. Qorin kattalashgani
bilinadi, birinchi bor
tug'ayotganlarda aynan shu
davrdan boshlab qorin chiqqani
atrofdagilarga ayon bo'ladi. O'n
oltinchi haftalarga kelib yo'ldosh
va homila organlarining deyarli
barchasi shakillanib bo'ladi. Agar
1-trimestrda homiladorlikni
saqlanishiga ayol organizmi ishlab
chiqaradigan progesteron javob
bergan bo'lsa, endi homiladorlik
uchun muhim bo'lgan gormon
ishlab chiqarilishini, tashqi
muhitdagi zararli moddalardan
homilani asrash kabi funksiyalarni
yo'ldosh bajaradi. Undan
tashqari, homilani oziqa va
kislorod bilan ta'minlash ham
yo'ldoshning vazifasi.
Birinchi farzand
kutayotganlarda
20-haftadan,
ikkinchi farzand
kutayotganlarda
esa 18-
haftadan
boshlab
homilaning
qimirlashi
seziladi.
Homilador ayol
uchun
homilaning
birinchi bor
qimirlashi juda
katta
xursandchilik
keltiradi. Saboq.Moy.Su saytidan olingan. Ikkinchi trimestrnin ... Читать дальше »

Homiladorlikning 1-trimestri (dastlabki 13 hafta)

Shanba02:13


Spermatazoid bilan tuxumdon
uchrashgan hujayra bachadonga
o'rnashishi (implantatsiya),
homilaga aylanishi va uning
deyarli barcha organlarining
shakllanishi davri. Odatda 1-
trimestr oxiriga kelib homila
uzunligi 9 sm ni tashkil etadi. Saboq.Moy.Su saytidan olingan. Birinchi trimestrda ayollarning
ko'krak shakli va razmeri o'zgara
boshlaydi, undan tashqari ko'krak
tomirlari kattalashgandek tuyulib,
ko'krak uchi to'qroq rangga
bo'yaladi. Ayrim ayollarda ko'krak
og'riqlari kuzatilishi mumkin.
Bularning sababi bo'lajak ona
ko'kragi sut ishlab chiqarishga
tayyorgarlik ko'rayotganidadir.
Birinchi trimestrning eng asosiy
alomati bu toksikozdir. Deyarli
70% homiladorlar 1-trimestrda
toksikozga uchraydi. Ko'ngil
aynash, qayd qilish, ayrim hidlarga
nisbatan nafrat, ayrim yeguliklarni
qumsash yoki aksincha ma'lum
yegulikdan bosh tortish kabi
tuyg'ular toksikoz
namoyondalaridir. Toksikoz
haqida bu yerda batafsil o'qing
Birinchi trimestrning
alomatlaridan yana biri ayolning
tez charchashi va uyquchiligi.
Bunday paytda ko'p dam olish
kerak, homilador ayolning
yaqinlari unga yetarlicha dam
olishi uchun sharoit yaratib
berishi kerak. Ayolning kuniga
kamida 10-12 soat uxlashi
homilaga ham foyda keltiriladi.
Gormonal o'zgarishlar n ... Читать дальше »

Jinsiy quvvatni oshirish uchun maslahatlar (Muhlis Talabiga Binoan)

Seshanba23:44


Yangi pishirilgan
halim asablarga
kuch beradi, erlik
urug‘ini ko‘paytiradi
va jinsiy quvvatni
oshiradi.Yangi
sog‘ilgan sigir sutini ichish yoki
sutni yong‘oq mag‘zi yoki xurmo
bilan iste’mol qilish maniy (erlik
urug‘i) paydo qiladi, shahvat
quvvatini oshiradi. Yangi
sog‘ilgan sutga arablarda
o‘sadigan xurmo (finik)
mevasidan va dolchindan bir
kecha-kunduz ivitib qo‘yib, keyin
eyilsa va ustidan yangi sut ichilsa,
jinsiy a’zoni baquvvat qilib,
shahvatni kuchaytiradi. Ammo bu
tadbir issiq o‘lkalarda va issiq
mijozli kishilarga to‘g‘ri
kelmaydi.Olma gulining
murabbosi, ya’ni gulqandi jinsiy
a’zoni quvvatli qilib, harakatga
keltiradi, yurakni baquvvat qiladi.
Buning uchun olma gulini ikki
baravar ko‘p qizil atirgul
yaproqlari bilan aralashtirib,
gulqand tayyorlanadi. Buni
iste’mol qilishning bir kunlik
miqdori 30 grammgacha.Eman
(dub) daraxti mevasini xamir yo
loy orasiga joylab olov qo‘rida
pishirsangiz, buni sabzi
murabbosi yoki boshqa
quvvatbaxsh vositalar bilan
iste’mol qilsangiz Saboq.Org saytidan olingan. badanga kuch
bag‘ishlaydi, jinsiy quvvatni
oshiradi, badandagi zararli xilt va
zaharlarni haydab chiqaradi.
Tudariy (tikanli daraxt turi)
urug‘ini eyilsa, ishtahani ochadi,
jinsiy quvvatni os ... Читать дальше »

Jinsiy aloqa turlari haqida..!

Seshanba12:58


Transseksualizm holatida jinsiy
a'zolar va tana o'z jinsiga xos
tarzda rivojlanayotgan bo'lsa-
da, o'zini boshqa jins vakili,
deya anglash bilan ifodalanadi.
Transvestizm holatida o'zga jins
vakilining libosini kiyib, boshqa
jins vakili sifatida ko'rinishga
intilish hissi ustivor bo'ladi.
Hadislarda bayon etilishicha, bu
hol Janobi Haq qarg'ishiga
giriftor etadi. Fetishizm o'zga
jins vakilining kiyimi (ayollar
siynabandi, ichki liboslari) yoki
soch tolalari kabilarni qo'lga
olib, boshqa jins vakilini
tasavvur etish yo'li bilan kaftaki
yordamida jinsiy xohish
qondirilishi. Gerontofiliya
qariyalarga yo'naltirilgan jinsiy
mayl. Pedofiliyada esa jinsiy
mayl bolalarga yo'naltiriladi.
Efeboliya holatida jinsiy mayl
o'smir va yoshlarga
yo'naltiriladi. Intsestofiliyada
esa jinsiy mayl o'z oila a'zolari
aka-uka, opa-singillarga
yo'naltirilgan bo'ladi. Otaning
o'z farzandlarini zo'rlashidek
holatlar ham shu jirkanchli
buzuqlik ko'rinishlaridandir.
Sadizm jinsiy aloqani
zo'ravonlik, qiynoq va azoblash
bilan oshirishdan lazzatlanish
holati. Mazoxizmda esa,
aksincha, jufti tomonidan
azoblanishdan lazzat olinadi.
Nekrofiliya murda bilan jinsiy
munosabatda bo'lishga kuchli
ishtiyoq sezishda o'z ifodasini
topadi. Sab ... Читать дальше »

Ширинтойнинг ўсиш тақвими. Қайси ойда қандай ўзгаришлар юз беради?

Seshanba01:40


Туғруқхонадан бир қучоқ бахт
билан чиққан ёш она уйга
қайтди. Шу билан бирга,
«Болам тўғри
ривожланаяптими?», «Нега
кўзини ғилай қилиб
қарайди?», «Қачон кулади?»,
«Қорни оғрияпти, нима
қиламан энди?» деган
хавотирлар билан яшай
бошлайди. Тиббиёт нуқтаи
назаридан боланинг тўғри
ривожланиш кўрсаткичлари
мавжуд ва уларга кўра ёш
она ўз фарзандидаги
ўзгаришларни кузатиб
бориши мумкин…
1 ойлик
Боланинг энг катта эҳтиёжи
онасининг ёнида бўлиш.
Психологларнинг фикрига кўра,
уч ойгача бола ҳар қандай
ноқулайликдан (совуқ, иссиқ,
оч қолиш, ёлғизлик) ваҳимага
тушади. Шунинг учун болани
кўпроқ қўлга олинг, йиғлаганда
бағрингизга босинг.
Қисқа ҳаракатлар бажаради ва
гапираётган кишининг
сўзлашишига монанд равишда
овоз чиқаради;
Ёрқин ва ялтироқ нарсаларга
қисқа муддат қараб туради;
Биринчи табассум;
Қаттиқ ёки кутилмаган овоздан
чўчиб тушади ва кўзларини
пирпиратади;
Бола қорнига ётқизилганда
бошини кўтариб, тутиб туришга
ҳаракат қилади.
Вазн ортиши ўртача – 600
грамм.
2 ойлик
Ҳаракатланувчи предметга
тикилади;
Овоз келган тарафга қарашга
ҳаракат қилади ва овоз
эгасини кўзлари билан
қидиради;
Ёқимли тарзда айтилган гапга
табассум қилади;
... Читать дальше »

ФАРЗАНД ТАРБИЯСИГА БОШҚАЧА НАЗАР

Seshanba01:34


Фарзанд – ширин неъмат,
дейишади. Бу исбот талаб
қилмайдиган ҳақиқат. Ва ҳар
бир киши ўз фарзанди учун
мукаммал ота ёки она бўлишга
ҳаракат қилади. "Ота‑она
боласига ёмонликни раво
кўрмайди” – бу ҳам сўзсиз
исбот талаб қилмайдиган
ҳақиқатлар сирасига киради.
Аммо ҳар доим ҳам тўғри
бўлиб чиқавермайди. Боласини
ортиқча эркалатиб бошига
чиқариб юборган она ҳам,
ортиқча қаттиққўллик
оқибатида фарзанднинг ўзига
ишончини йўқолишига сабаб
бўлган ота ҳам – уларнинг
барчаси ўз фарзандига
яхшиликни раво кўрган. Яна
мақолларимизда
келтирилишича, "Ҳар нарсада
меъёр лозим”.
Мана шу ўй‑фикрлар оғушида
ўтирар эканман, қизимнинг
тапур‑тупур югурган оёқ
товушлари қулоғимга
чалинади. Ҳаёлларимни бўлган
бу кичик тўполончига нисбатан
жаҳлим чиқади. Ва ҳатто унга
"зараркунанда” тамғасини ҳам
босаман.
Ойи, кўчага чиқсам майлими? –
дейди ўз "тўполон”ларидан
бехабар қизим.
Йўқ, ‑ "тўполон”лари учун ўч
олишга киришаман ундан.
Нимага?
Куни билан кўчада санғиш
керакми? Ундан кўра, тинчгина
ўтириб китоб ўқисанг
бўлмайдими? Бирорта фойдали
иш қилсангчи?!.
Илтимос, ‑ дея иложи борича
сўзни чўзади қизим. Худди
илтимос сўзи узоқ айтилса,
онасига мўъжизакор таъсир
қилишига умид боғлаг ... Читать дальше »

Uylanvoling...

Seshanba01:30


Ermak qilib xamma qizga gap
otguncha.
Do'stlar bn tuni bo'yi gap
sotkuncha.
O'rinni ham rasvo qilmay tong
otguncha.
Iboli bir go'zal topib uylanvoling.
Bevafolar makridan kuymay
desez.
O'ziz bo'ydoqlar safida ko'rmay
desez.
Bundan buyon paypog'imni
yuvmay desez.
Iboli bir go'zal topib uylanvoling.
Topganimni faqat uyga taway
desez.
Iwdan kelib tayyor owni oway
desez.
Kuyov bolib chimildiqdan oway
desez.
Iboli bir gozal topib uylanvoling.
Onam bitta yaxwi kelin osin
desez.
Mandan keyin bitta voris qosin
desez.
Bizadayam kotta razxod bosin
desez.
Iboli bir gozal topib uylanvoling.
Otam uydi katta seyfni ochsin
desez.
Akam endi bitta do'mga ko'chsin
desez.
Jojonning chakaklari o'chsin
desez.
Iboli bir gozal topib uylanvoling....

Ovulyasiya va uni aniqlash

Seshanba01:08


Ayol hayz siklining ma'lum bir
davrida tuxumdondan tuxum
hujayralarining yetilib chiqib,
bachadon bo'ynida joylashib,
urug'lanishiga tayyor bo'lib
turishiga ovilyatsiya deyiladi.
Ovulyatsiyani bilish ayol uchun
muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki ovulyasiya kuni va undan
bir necha kun oldin va keyin
amalga oshirilgan jinsiy aloqadan
so'ng ayolning (boshqa faktorlar
mavjud bo'lmasa - masalan jinsiy
kasalliklar, qo'shimcha saqlanish
vositalardan foydalanish va
hokazo) homilador bo'lish
ehtimoli yuqori bo'ladi.
Ovulyasiyaga qarab er-
xotin homiladorlikdan saqlanishi
mumkin, ya'ni o'vulyasiya kunlari
jinsiy aloqa qilinmaydi yoki jisniy
aloqa bo'lsa ham prezervativdan
foydalaniladi. Ammo ovulyasiya
bo'layotganini aniq bilish juda
qiyin.
Ovulyasiyani qanday aniqlash
mumkin:
1. Ultra tovushli diagnostika orqali
(eng aniq yo'l).
2. Ovulyasiya testlari (Dorixonada
sotiladigan maxsus test: siydik
testerga tomchilash yordamida
ovulyatsiya yaqinlashayotgani
aniqlanadi).
3. Qon tekshiruvi. Saboq.Org saytidan olingan. 4. Rektal (anusdagi) haroratni
kuzatish (Bunda bir necha oy
davomida rektal harorat
aniqlanadi. Buning uchun har kuni
ertalab o'rindan turmasdan
anusga termometr joylashtirilib 5
daqiqa davomida ushlana ... Читать дальше »

Ovulyasiya haqida bilish kerak bo'lgan narsalar

Seshanba01:06


Har bir ayol ovulyasiya haqida
qandaydir ma'lumotga ega bo'lishi
kerak. Homilador bo'lish uchun u
juda muhim bo'lsa,
homiladorlikdan saqlanish
maqsadida ham undan xabardor
bo'lish kerak. Ovulyasiya haqida
eng dolzarb savollarga javob
olamiz.
1. Nega menga ovulyasiya
kunlarini bilish kerak?
Ovulyasiya homilador bo'lish
uchun eng muhim davr
hisoblanadi. Normada ayolda bir
hayz sikli davomida o'rtacha 6
kun ichida urug'lanish imkoniyati
mavjud bo'ladi. Aynan shu
kunlarda jinsiy aloqa yuz bersa,
ayol homilador bo'lish ehtimoli
mavjud bo'ladi.
Ovulyasiya kunlarini bilish
ayniqsa, bepushtlik muammosi
yuz berganda, jinsiy aloqalar
muntazam bo'lmaganda, hayz sikli
har xil bo'lganida juda muhim
bo'ladi. Shunda homilador bo'lish
uchun barcha harakat aynan o'sha
o'vulyasiya kunlariga qaratilgan
bo'lishi talab etiladi.
2. Qanday qilib ovulyatsiya
bo'layotganidan xabar topishim
mumkin?
Ba'zi ayollar o'zidagi gomonal
o'zgarishlarni kuzatish jarayonida
o'z ovulyasiya kunlarini ayta
oladilar. Bu o'zgarishlarga bel
og'rishi, qindan ko'proq suyuqlik
ajralishi va boshqalar kiradi. Lekin
bu alomatlar orqali ovulyasiyani
aniq belgilab bo'lmaydi.
Undan tashqari aptekada
sotiladigan ovulyasiya testlari va
Ultr ... Читать дальше »

Ovulyasiya sikli

Seshanba01:04


Tug'sh yoshidagi har bir ayol
o'rtacha har 28-32 kunda hayz
ko'radi. Hayz siklidan tashqari
ovulyasiya sikli ham mavjud. U
haqda bilish ovulyatsiyani
hisoblashda yordam beradi.
Ovulyasiya sikli fazalari:
Hayzning birinchi kunidan
boshlab follikulyar yoki hayz fazasi
boshlanadi. Bu davrda ayol
tuxumdonida bir necha follikula
o'sishni boshlaydi.
Hayz boshlangan kunidan 7
kunga kelib ovulyator faza davom
etadi. Shu davrda asosiy follikul
ajralib, unda tuxum hujayrasi
rivojlanadi.
Yigirma sakkiz kunlik hayz
siklining 14 kunida ovulyatsiya
sodir bo'ladi. Shu kunda yuqorida
ta'kidlangan asosiy follikula
yoriladi: undan yetilgan tuxum
hujayrasi chiqadi. Aynan shu
damda ayol ovulyasiya og'riqlarini
his etishi mumkin. Ovulyasiya
o'tgandan so'ng tuxum hujayrasi
bachadon tomon harakatlanadi. Saboq.Org saytidan olingan. Turli xil tadqiqotlar natijasiga
ko'ra tuxum hujayrasi 24-48 soat
yashaydi.
Yigirma sakkiz kunlik siklning 15
kunidan boshlab sariq tanaha
fazasi boshlanadi - bu davr
ovulyasiya bilan keyingi hayz
kelishining orasidagi muddatga
aytiladi. Bu davrda yorilgan
follikula devorchasi yog'lar va
lyutein pigmentini yig'a boshlaydi.
Bu pigment follikulaga sariq rang
beradi. Shuning uchun ushbu
follikulani endi sar ... Читать дальше »

Ovulyatsiya bo'lmasligi (anovulyatsiya)

Seshanba01:02


Homilador bo'lish ovulyatsiya
bo'lishiga bevosita bog'liq
bo'lgani uchun ovulyatsiya
bo'lmasligi homilador bo'lishga
to'sqinlik qiladi.
Lekin sog'lom ayolda ham 1 yil
mobaynida normada 2-3 hayz
sikli ovulyatsiyasiz o'tadi. Yoshi
katta bo'lgan sari shunday
ovulyatsiyasiz hayz sikllari
ko'payaveradi.
Agar yilda 4 va undan ko'p hayz
sikli ovulyatsiyasiz bo'lsa, u holda
ginekologga uchrash talab etiladi.
Ba'zida ovulyatsiya bo'lmasligi
endokrin yoki ginekologik
kasallliklar mavjudligidan dalolat
berishi mumkin.
Ovulyatsiya qaysi hollarda
bo'lmaydi:
Homiladorlikda;
Klimaksda;
Ayol organizmi gormonal
holatining buzilishida (bu holatga
stress ham sababchi bo'lishi
mumkin);
Ba'zi dori vositalarni qabul qilish
natijasida. Saboq.Org saytidan olingan. Homilador bo'lishning tabiiy
usullari yordam bermaganda,
ovulyatsiyani qo'zg'atish yo'li
qo'llaniladi. Ma'lum bir dori
vositasi yordamida, shifokor
nazorati ostida ovulyatsiya sun'iy
ravishda keltiriladi. Bu jarayonni
uy sharoitida shifokor nazoratisiz
amalga oshirish mumkin emas.

manba: Uzbaby.uz

Ovulyasiya turlari

Seshanba01:00


Ovulyasiya o'z vaqtida, kechikib
yoki oldinroq sodir bo'lishi
mumkin. Odatda o'z vaqtida
keladigan ovulyasiyada homilador
bo'lish muammosi bo'lmaydi (agar
erkak sog'lom bo'lsa). Lekin
kechikkan va erta sodir bo'ladigan
ovulyatsiya ba'zida homilador
bo'lishga qiyinchilik yaratib berishi
mumkin.
Erta ovulyasiya
Erta sodir bo'lgan ovulyasiyaga
tuxum hujayrasini follikuladan
hayz siklining o'rtasida emas,
balki oldinroq ajralib chiqishiga
aytiladi. Bunga quyidagilar sabab
bo'lishi mumkin:
intensiv jinsiy aloqa ;
jismoniy kuchanish (og'ir
ko'tarish, og'ir jismoniy
mashg'ulotlar);
stress;
dieta;
kasalliklar;
gormonal holatning buzilishi.
Agar ayolda hayz siklining o'zi
notog'ri bo'lsa, u holda ovulyatsiya
erta yo kech kelishini aniq aytib
bo'lmaydi. Bu holat organizmda
gormonal buzilish ro'y
berganligidan dalolat beradi.Saboq.Org saytidan olingan. Agar ayolda hayz siklining o'zi
notog'ri bo'lsa, u holda ovulyatsiya
erta yo kech kelishini aniq aytib
bo'lmaydi. Bu holat organizmda
gormonal buzilish ro'y
berganligidan dalolat beradi.
Hatto ozish , qattiq siqilish, ba'zi
kasalliklar ham ovulyatsiya erta
o'tishiga sababchi bo'lishi
mumkinligi tufayli, ko'pchilik
ayollarda erta ovulyasiya yuz berib
turadi. ... Читать дальше »

EKO nima degani?

Yakshanba21:31


EKO degani oddiy qilib aytganda
sun'iy urug'lantirishdir. Bu usul
1978 yildan beri dunyoda samarali
qo'llanib kelib, minglar bepusht
oilalarga farzand baxtini ulashib
kelmoqda.
EKO ruscha "ekstrakorporalnoye
oplodotvoreniye" atamasining
qisqartmasi. Uning ma'nosi
shundaki, urug'lanish ayol
organizmida emas, balki
tashqi muhitda sun'iy ravishda
amalga oshirilib, hosil bo'lgan
embrion esa bir necha kundan
so'ng ayol bachadoniga sun'iy
kiritiladi.
Buning uchun ayol tuxumdoni
kuchli stimulyatsiya qilinadi.
Natijada tuxum hujayralariga ega
bir necha follikula yetilib chiqadi.
Shifokor tuxumdonini tashqaridan
maxsus igna orqali punksiya qilib
yetilgan tuxum hujayralarini
chiqarib oladi. Bu tuxum
hujayralari erkak spermatozoidlari
bilan maxsus probirkada
urug'lantiriladi. Agar erkak
spermatozoidlarining sifati past
bo'lsa, IKSI uslubi yordamida
spermatozoidning urug'lantirish
qobiliyatiga ega bo'lgani ajratilib
olinadi, agar urug'lantirish
qobiliyatiga ega bo'lmasa unda
donor spermasidan foydalaniladi.
Probirkada urug'langan tuxum
hujayrasi bir necha kun davomida
bo'linish natijasida embrionga
aylanadi. Shundan so'ng embrion
ayol bachadoniga maxsus yo'l
bilan kiritiladi va embrion o'z
rivojlanishini bachadon ... Читать дальше »

IKSI muolajasi (erkak bepushtligiga chek)

Yakshanba21:27


IKSI degani inglizcha
"IntraCytoplasmic Sperm Injection"
iborasining qisqa ko'rinishi. Bu
muolaja hisoblanib, unda erkak
spermatozoidining eng sifatlisi
embriolog tomonidan ajratib
olinib maxsus igna orqali ayol
tuxumdoniga sun'iy kiritiladi.
IKSI muolajasidan qachon
fydalaniladi?
Spermatozoidlar sonining nihoyat
kamligi;
Harakatlanuvchan
spermatozoidlar sonining kamligi;
Spermatozoidlar tarkibining
patologiyasi;
Spermotozoidning sifatsizligi;
Eyakulyatsiya davomida sifatli
smermatozoid ajralmasligiga
qaramay, erkak tuxumdonini
punksiya qilish (maxsus igna bilan
teshib) natijasida sifatli
spermatozoidlarni ajratib olish
imkoniyati mavjudligi; Saboq.Org saytidan olingan. Bir necha bor qilingan sun'iy
urug'lantirish muolajalari
spermatozoidlarning sifatsizligi
tufayli samarasiz bo'lgani;
Erkak maniyida
spermatozoidlarni
sifatsizlantiruvchi moddaning
mavjudligi;
Bepushtlikning sababi noaniq
ekanligi;
Ayol tuxumi bilan erkak
spermatozoidlarining kimyoviy
jihatdan bir-biriga mos emasligi;
Bo'lajak ota-onaning yoshi
kattaligi.
Statistik ma'lumotlarga qaraganda,
IKSI muolajasi yordamida amalga
oshirilgan urug'lantirishning 45%
homiladorlikka olib keladi.

manba: ... Читать дальше »

Sun'iy urug'lantirish (EKO) uchun talab qilinadigan analizlar

Yakshanba21:26


Sun'iy urug'lantirish o'ta jiddiy
muolaja bo'lib, natijasi ijobiy
bo'lishi uchun undan oldin ayol va
erkak organizmi to'liq
tekshiruvdan o'tkaziladi. Tekshiruv
natijalariga qarab sun'iy
urug'lantirish muolajasini qay
tarzda amalga oshirish
rejalashtiriladi. Ba'zida analiz
natijalari tufayli EKO orqaga
suriladi. Quyida EKO uchun kerak
bo'ladigan asosiy analizlar
keltirilgan.
Ayollarga:
1. Qon guruhi, rezus-faktor, rezus-
antimoddalar
2. Gormonlar ( hayz siklining 3-5 -
kunida):
FSG
LG
Estradiol
Prolaktin
STG-somatrop gormoni
Progesteron (imkon qadar hayz
siklining 20-25 kunida topshirish
lozim) Saboq.Org saytidan olingan. TTG
T1-T4
3. Infeksiyalar:
Xlamidiya
Ureoplazma
Mikoplazma
Gardnerella (qon va mazok)
Gonokkok
Serkvil kanalining sitologik
tekshiruvlari
Flora mazoki
B va C gepatitiga qarshi
antimoddalar
VPG, SMV (qon, mazok)
OITS, sifilis (qon)
Qizilcha
Toksoplazmoz
Qon gemostazi
4. Maxsus tekshiruvlar:
Bachadon va bachadon yo'llari
surati (GSG)
Laporoskopiya natijalari (agar
o'tkazilgan bo'lsa)
Gisteroskopiya natijalari
Biopsiya natijalari
UTD tekshiruvlar
Kompyuter tomografiyasi
suratlari (agar o'tkazilgan bo'lsa) ... Читать дальше »

Sun'iy urug'lantirish (EKO) natijasi

Yakshanba21:24


Agar sun'iy urug'lantirish
homiladorlikka olib kelsa, bu juda
yaxshi, lekin ayrim holatlarda
salbiy oqibatlar yuzaga kelishi
mumkin.
Ular:
Ayol tuxumdoning
giperstimulyatsiyasi:
Buning natijasida tuxumdonda
ko'plab sariq moddalar vujudga
kelib, ular gormon chiqara
boshlaydi. Bir xil ayollar ushbu
gormonlarning ko'payib
ketganidan o'zlarini yomon his
qiladilar. Asosan qorin tagidagi
og'riq, ko'ngil aynash kuzatiladi.
Lekin ayrim hollarda bo'shashish,
siydik miqdorining kamayib
ketishi, qorinning qattiq shishi
kuzatilishi mumkin. Saboq.Org saytidan olingan. Juda oz holatlarda
giperstimulyatsiyaning natijasi
og'ir asoratlarga olib keladi.
Bunda ayol nafas olishga qiynaladi
va qon bosimi tushib ketadi.
Odatda bu holatlar oson
davolalanadi. Davolanish davomida
ko'p suyuqlik ichiladi, maxsus dori
kapelnitsa orqali organizmga
kiritiladi.
Giperstimulyatsiyaning yengil
shakllarida shifokor bilan
maslahatlashgan holda uyda
qolish mumkin, lekin og'irroq
hollarda shifoxonaga yotish talab
etiladi.
Ko'p homilali homiladorlik :
Homila paydo bo'lishi uchun
sun'iy urug'lantirish jarayonida
ayol bachadoniga bir nechta (ko'pi
bilan 3 ta) embrion o'tqaziladi.
Ba'zida bu ko'p homilali
homiladorlikka olib kelishi ... Читать дальше »

« 1 2 ... 39 40 41 42 43 »
Eng ko'p o'qilganlar
Материалов за текущий период нет.
Homiladorlik Taqvimi
Saytdan izlash
So'rovnoma
Saytga Baho Bering!
Всего ответов: 127
Saytga Kirish

Hisobot


Reklama